Toshkent shahar hokimiyati rasmiy sayti
Shrift o‘lchami:
Rang sxemasi:
Tasvirlar:

«ORIGINAL LYUKS SERVIS» MCHJ obyekti qurilishi bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan rasmiy munosabat

Toshkent shahar hokimligiga «ORIGINAL LYUKS SERVIS» MCHJ bilan Sergeli tumani, Qo‘shqo‘rg‘on mahallasi, Bishkent ko‘chasi, 46a-uy manzilida qurilayotgan majmuadan kvartira sotib olish bo‘yicha shartnoma tuzgan fuqarolardan murojaatlar kelib tushdi.

Toshkent shahar hokimining topshirig‘iga binoan ushbu masala yuzasidan mavjud hujjatlar va obyekt qurilishi holatlari o‘rganilib, xizmat tekshiruvi o‘tkazildi.

Tekshiruv davomida 13 051 kvadrat metr yer uchastkasi quruvchiga 2021-yilda ijara asosida ajratilgani aniqlandi. Qurilish uchun ruxsatnoma 2022-yil oktyabr oyida olingan. Arxitektura-shaharsozlik kengashi ishchi organining xulosasi 2023-yil 22-sentyabrda 97277837-son bilan berilgan. Ishchi loyiha hujjatlari 2024-yil 29-iyulda hududiy qurilish nazorati organlarida 138348266-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

Toshkent shahar hokimligi fuqarolar va quruvchi o‘rtasida tuzilgan shartnomalarda taraf hisoblanmaydi. Qurilish va kvartiralarni topshirish muddatlariga rioya qilish, pul mablag‘larini qaytarish, ehtimoliy zararlarni qoplash va boshqa majburiyatlarni bajarish masalalari fuqarolik-huquqiy munosabatlarga taalluqli bo‘lib, qonunchilikda belgilangan tartibda, jumladan sud orqali hal etiladi.

Shu bilan birga, shahar ma’muriyati uy-joy sotib olish uchun sarmoya kiritgan fuqarolarning xavotirini tushunadi. Ushbu masalada qaror qabul qilishda aholining barcha murojaatlari, asosli talab va istaklari ustuvor ahamiyatga ega.

Fuqarolarning ko‘p sonli murojaatlari va vaziyatning ijtimoiy ahamiyatini inobatga olgan holda, Toshkent shahar hokimligi vakili uy-joy xaridorlari, qurilish tashkiloti rahbariyati, prokuratura, davlat qurilish nazorati organlari va boshqa mutasaddi idoralar vakillari ishtirokida uchrashuv o‘tkazdi.

Ma’lumot o‘rnida: o‘rganish natijalariga ko‘ra, obyektda qurilish ishlari taxminan 53 foizga bajarilgani aniqlandi.

Uchrashuv davomida fuqarolar qurilishni yakunlash va kvartiralarni topshirish muddatlari, kelgusi moliyalashtirish manbalari, kompaniyaning kredit va garov majburiyatlari, shuningdek, mavjud cheklovlar bilan bog‘liq masalalarni ko‘tardilar.

Uchrashuv yakunida quruvchi yaqin vaqt ichida fuqarolar ko‘targan masalalarni hal etish hamda zimmasiga olgan majburiyatlarni bajarish bo‘yicha aniq jadval taqdim etish majburiyatini oldi. Jadval qurilish bosqichlarini yakunlash, zarur hujjatlarni rasmiylashtirish va kvartiralarni topshirish kabi masalalarni o‘z ichiga oladi. Ushbu jadval obyekt hududida fuqarolar tanishishi uchun qulay joyga joylashtiriladi.

Mazkur masala uy-joy xaridorlari, quruvchi, bank, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va mutasaddi idoralar ishtirokidagi yig‘ilishda qayta ko‘rib chiqiladi. Uchrashuvda jadval, moliyalashtirish manbalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar hamda fuqarolar oldidagi majburiyatlarni bajarish bo‘yicha choralar taqdim etiladi.

Vaziyat Toshkent shahar hokimining shaxsiy nazoratidadir. Hokimlik o‘z vakolatlari doirasida fuqarolar, quruvchi, bank va mas’ul idoralarning o‘zaro hamkorligiga ko‘maklashishda davom etadi. Masalani ko‘rib chiqishning keyingi borishi haqida jamoatchilik xabardor qilinadi.

Shuni ma’lum qilamiz va eslatib o‘tamizki, ruxsat beruvchi va loyiha hujjatlarining mavjudligi quruvchining fuqarolar oldidagi shartnoma majburiyatlarini bajarganini anglatmaydi. Shu bois, bitim tuzishdan oldin alohida hushyor bo‘lish: majburiyatlarni bajarish shartlari va muddatlarini, quruvchining moliyaviy ahvolini, ishbilarmonlik nufuzini, faoliyat tarixini va oldingi loyihalarni amalga oshirish tajribasini sinchiklab o‘rganish, shuningdek, uning o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarini bajarish qobiliyatini baholash lozim.

Teglar:
O‘xshash yangiliklar
“Botanicheskaya” podstansiyasida modernizatsiya ishlari olib borilmoqda
06.08.2026, 16:31
“Botanicheskaya” podstansiyasida modernizatsiya is...

🤩 1970-yildan buyon faoliyat yuritayotgan 110/35/6 kV kuchlanishli “Botanicheskaya” podstansiyasi bosqichma-bosqich mod...

Gaz ta'minotida yangi yechim: ikki bosqichli tizim
06.08.2026, 10:46
Gaz ta'minotida yangi yechim: ikki bosqichli tizim...

⛽️ Toshkent shahrida gaz ta'minotini ikki bosqichli tizimga o‘tkazish ishlari davom etmoqda.⛽️ Mazkur loyiha doirasida p...

Aholi manfaatlari — amalga oshirilayotgan ishlarning bosh mezoni
05.08.2026, 16:41
Aholi manfaatlari — amalga oshirilayotgan ishlarni...

Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzoqov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Jamoat xavfsizligi va...

Elektr uzilmasligi ortida katta mehnat bor.
05.08.2026, 10:10
Elektr uzilmasligi ortida katta mehnat bor.

🤩Har kuni poytaxt elektr tarmoqlarida yuzlab mutaxassislar kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rmoqda.2026-yilning...