Eski versiya
Shrift o‘lchami:
Rang sxemasi:
Tasvirlar:

🚗 Sergeli avtomobil bozori: YHTEM Yangi Sergeli ko‘chasidagi yuklamani kamaytirmoqda

Sergeli avtomobil bozori — poytaxtdagi eng yirik transport oqimini shakllantiruvchi hududlardan biri.

Bozor sig‘imi jami 5 400 ta avtomobilga mo‘ljallangan. Shundan 3 500 ta joy avtomobillar savdosi uchun, qolgan qismi esa avtoturargoh sifatida foydalanish uchun ajratilgan. Shuningdek, bozor hududida avtomobil ehtiyot qismlari va boshqa tegishli mahsulotlar savdosiga ixtisoslashgan 1 800 dan ortiq savdo obyektlari mavjud.
Bundan tashqari, bozorning Yangi Sergeli ko‘chasiga tutash kirish-chiqish joylaridan 1 500 dan ortiq avtomobil foydalanadi.

Bozorning bunday ko‘lami uning atrofidagi transport holatiga bevosita ta’sir qiladi.

Ko‘plab haydovchilarga yaxshi ma’lumki, aynan shu holat yillar davomida Yangi Sergeli ko‘chasida jiddiy yuklama yuzaga keltirib kelgan. Avtomobillar bozorga kirish uchun asosiy yo‘lda tezlikni pasaytirgan, bozordan chiqayotgan transport esa qisqa masofada umumiy oqimga qo‘shilgan. Natijada kechikishlar va tirbandliklar yuzaga kelgan.

Mazkur muammoni hal qilish maqsadida YHTEM Sergeli avtomobil bozori hududida harakatni tashkil etishning yangi sxemasini amalga oshirmoqda. Bozor hududi bo‘ylab qo‘shimcha lokal yo‘l barpo etilmoqda. Ushbu yo‘l bozor bilan bog‘liq transport oqimini Yangi Sergeli ko‘chasidagi asosiy oqimdan ajratishga xizmat qiladi.

Endilikda Yangi Sergeli ko‘chasi bo‘ylab harakatlanayotgan avtomobil asosiy oqimni band qilmasdan, oldindan yangi lokal yo‘lga burilishi va shu yo‘l orqali bozor hududiga qulay kirishi mumkin bo‘ladi. Xuddi shuningdek, bozordan chiqayotgan transport ham avval lokal yo‘lga chiqadi, so‘ngra Yangi Sergeli ko‘chasidagi umumiy oqimga tartibli ravishda qo‘shiladi.

Bunday yechim asosiy ko‘chada keskin tormoz berish va burilish harakatlarini kamaytiradi, tumanning muhim ko‘chasidagi yuklamani pasaytiradi hamda bozor atrofidagi harakatni yanada tartibli qiladi.

Bundan tashqari, yangi yo‘l bo‘ylab piyodalar va velosipedchilar uchun alohida infratuzilma ham shakllantirilmoqda. Bu juda muhim, chunki bozor hududidan nafaqat avtomobil egalari, balki xaridorlar, ishchilar, yaqin atrofdagi mahalla aholisi hamda jamoat transportidan foydalanuvchi yo‘lovchilar ham foydalanadi.

Bozor ichidagi avtoturargohlarni tartibga solishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Avval tartibsiz to‘xtab turish holatlari bozor hududining o‘zida ham noqulayliklar keltirib chiqargan: avtomobillar belgilanmagan joylarda qoldirilgani harakatga, kirish-chiqishga va tashrif buyuruvchilarning erkin harakatlanishiga xalaqit bergan.

Ichki avtoturargohlarni tartibga solish maqsadida bozor hududida 2 000 dan ortiq avtomobil joyiga mo‘ljallangan yo‘l chiziqlari chizildi. Bu ichki hududdan yanada oqilona foydalanish, tartibsiz to‘xtab turish holatlarini kamaytirish hamda bozor ichidagi harakatni aniqroq va xavfsizroq tashkil etish imkonini beradi.


📊 Yangi tartibdan kutilayotgan natija:

Yangi yechim bozor transport oqimini Yangi Sergeli ko‘chasidagi asosiy harakatdan ajratish, tumanning muhim ko‘chalaridan biridagi yuklamani kamaytirish, kirish-chiqish joylaridagi konflikt nuqtalarini qisqartirish hamda bozor atrofidagi harakatni yanada tushunarli, xavfsiz va oldindan taxmin qilish mumkin bo‘lgan darajaga olib chiqishga xizmat qiladi.

Bundan tashqari, harakatni yangicha tashkil etish jamoat transportining qulayligi va harakat tezligini oshirish, piyodalar uchun yo‘lni qisqartirish hamda xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaxshilash imkonini beradi.



YHTEM Sergeli tumanidagi transport holatini yaxshilash bo‘yicha ishlarni davom ettirmoqda.

Teglar:
O‘xshash yangiliklar
Nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari uchun davra suhbati bo‘lib o‘tdi
10.06.2026, 09:29
Nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari uchun d...

Toshkent shahar hokimligida “Nodavlat notijorat tashkilotlarining huquqlari va manfaatlariga daxldor bo‘lgan normativ hu...

Shayxontohur tumanida “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” kasbiy mahorat milliy tanlovining tuman bosqichi yuqori saviyada tashkil etilmoqda🇺🇿
09.06.2026, 11:10
Shayxontohur tumanida “Yangi O‘zbekiston bunyodkor...

📌Tanlov doirasida yoshlarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini namoyon etish, zamonaviy kasblarga bo‘lgan qiziqishini osh...

Oʻzbekistonda yozgi taʼtil davrida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish uchun yo‘lga qo‘yilgan tashabbusdir
09.06.2026, 10:29
Oʻzbekistonda yozgi taʼtil davrida yoshlarning bo‘...

Dastur doirasida: - Sport musobaqalari va to‘garaklar; - Kitobxonlik, ijodiy va ma’naviy tadbirlar; - IT,...

🏆Toshkent shahrida yozgi sog‘lomlashtirish maydonchalari faoliyati boshlandi
08.06.2026, 14:56
🏆Toshkent shahrida yozgi sog‘lomlashtirish maydon...

Aziz ota-onalar va o‘quvchilar!🧠 Toshkent shahrining 12 ta tumanidagi 47 ta umumiy o‘rta ta’lim muassasasida “Yozgi sog...

Saytning yangi versiyasini ishga tushirdik, eski versiyaga qaytishni istasangiz, bu yerga bosing

Eski versiya