Eski versiya
Shrift o‘lchami:
Rang sxemasi:
Tasvirlar:

🚦 Toshkentda 90 kun ichida nimalar o‘zgardi?

“Dolzarb 90 kun” dastur doirasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.

📊 3 oy ichida (1-martdan 1-iyungacha) quyidagi natijalarga erishildi:

— Shaharning 271 ta yirik chorrahasi va piyodalar o‘tish joylarida yangilash ishlari amalga oshirildi, ularda 3 946 ta “aqlli” svetofor qurilmalari ishga tushirildi;

— Transport oqimi yuqori bo‘lgan ko‘chalar tahlil qilinib, 264 kilometrdan ortiq yo‘llarda harakatni tashkil etish loyihalari ishlab chiqildi;

— 220 dan ortiq avtobus bekatlari zamonaviy ko'rinishda yangidan qurildi va rekonstruksiya qilindi. Yangi bekatlar qulay o‘rindiqlar, videokuzatuv tizimlari, elektron tablolar, “SOS” tugmalari va boshqa zamonaviy yechimlar bilan jihozlanmoqda;

— Bekat hududlari kengaytirilib, yo‘lovchilar uchun yanada qulay sharoit yaratildi. Yangi perronlar avtobus eshigi balandligiga mos holda qurilayotgani sababli yo‘lovchilar avtobusga deyarli bir qadam bilan chiqib-tushish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda;

— Avval svetofor bilan himoyalanmagan qator piyodalar o‘tish joylarida yangi svetofor obyektlari o‘rnatilib, piyodalar xavfsizlik darajasi oshirildi;

— 3 754 ta yangi yo‘l belgisi o‘rnatildi hamda 174 kilometr yo‘l chiziqlari zamonaviy texnologiyalar asosida yangidan chizildi;

Qisqa muddat ichida qariyb 720 ming kvadrat metrga yaqin yo‘l qoplamasi ta’mirlanib, so‘nggi yillardagi eng yirik yo‘l-ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.

📈 Natijada:

✅ Har soatda o‘rtacha 160 ming nafardan ortiq piyodaning xavfsiz harakatlanishi ta’minlanmoqda;
✅ Transport vositalarining yo‘lda sarflaydigan harakat vaqti qisqarmoqda;
✅ Yo‘l harakati xavfsizligi va jamoat transportidan foydalanish qulayligi yangi bosqichga olib chiqilmoqda.

🚀 Erishilgan natijalar — katta o‘zgarishlarning dastlabki bosqichi, xolos. Transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish, yo‘l harakati xavfsizligini oshirish va jamoat transporti jozibadorligini kuchaytirishga qaratilgan ishlar izchil davom ettiriladi.

Teglar:
O‘xshash yangiliklar
🏆 Toshkentda SUMMER FEST boshlandi
05.06.2026, 17:20
🏆 Toshkentda SUMMER FEST boshlandi

🎶Ayni daqiqalarda Toshkent shahrida yozgi SUMMER FEST tadbirining birinchi kuni start oldi.📍5–7-iyun kunlari Taras She...

Chilonzor tumanidagi sanoat korxonalari faoliyati o‘rganildi
04.06.2026, 11:13
Chilonzor tumanidagi sanoat korxonalari faoliyati ...

Prezidentimiz tomonidan “2026-yil I yarim yillik va yil yakunlari boʻyicha iqtisodiy barqarorlikni taʼminlash yuzasidan ...

Uchrashuvning navbatdagi manzilida Bo‘zsuv kanali qirg‘og‘ida amalga oshirilishi rejalashtirilgan yirik ekologik loyiha jamoatchilikka taqdim etildi.
03.06.2026, 12:12
Uchrashuvning navbatdagi manzilida Bo‘zsuv kanali ...

🔠Loyiha haqida mutasaddilar ma’lumot berar ekan, uning asosiy tamoyili mavjud tabiiy muhitni saqlab qolish ekani alohid...

🏗️Toshkentdagi barcha qurilish obyektlari uchun yangi talablar joriy etilmoqda
03.06.2026, 10:22
🏗️Toshkentdagi barcha qurilish obyektlari uchun y...

🔺Toshkent shahar hokimining "Axborot, hisobot, muloqot" shaklidagi uchrashuvi doirasidagi navbatdagi manzil qurilish ob...

Saytning yangi versiyasini ishga tushirdik, eski versiyaga qaytishni istasangiz, bu yerga bosing

Eski versiya