- Toshkentdan gapiramiz
- 03.06.2026, 12:12
Uchrashuvning navbatdagi manzilida Bo‘zsuv kanali qirg‘og‘ida amalga oshirilishi rejalashtirilgan yirik ekologik loyiha jamoatchilikka taqdim etildi.
🔠Loyiha haqida mutasaddilar ma’lumot berar ekan, uning asosiy tamoyili mavjud tabiiy muhitni saqlab qolish ekani alohida ta’kidlandi. Xususan, hududdagi daraxt va butalar saqlab qolinadi, qo‘shimcha ko‘chatlar ekiladi, yovvoyi tabiat va tabiiy relyefga zarar yetkazilmaydi.
🧑💻Loyiha doirasida piyodalar va velosiped yo‘laklari, bolalar maydonchalari, sport zonalari, hordiq chiqarish maskanlari hamda jamoat hududlari tashkil etiladi.
🛡Shuningdek, xavfsizlik panjaralari, yoritish tizimlari va piyodalar ko‘prigi qurilib, ular 5 ta mahallani o‘zaro bog‘laydi. Baliq ovlash uchun maxsus joylar ham tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.
🕊️Loyihaning o‘ziga xos jihatlaridan biri — yovvoyi qushlar va boshqa jonivorlar uchun maxsus ekologik orolchalar yaratilishidir. Bundan tashqari, suv sporti turlarini rivojlantirish maqsadida baydarka va kanoe sporti uchun alohida zonalar tashkil etilishi rejalashtirilmoqda.
🌳 Ta’kidlanishicha, daraxtlarning kesilishiga yo‘l qo‘yilmaydi va bu masala hokimlik hamda ekologiya organlarining alohida nazoratida bo‘ladi.
🇺🇿 Toshkent shahar hokimi loyiha bo‘yicha ishlar bugundan boshlanishini ma’lum qildi. Jamoatchilik vakillari va mahalla faollarining takliflari tinglanib, loyihani yanada takomillashtirish yuzasidan fikr almashildi.
🤔Mutaxassislar fikricha, ushbu ekologik maskan nafaqat Uchtepa tumani, balki butun poytaxt uchun tabiiy muhitni asrash va aholining mazmunli hordiq chiqarishi uchun yangi namunaviy hududga aylanishi kutilmoqda.
✔️Qabul davomida 32 ta murojaat körib çiqildi. 24 ta masala öz joyida hal etildi. Qolgan murojaatlarni esa atrofliça örg...

2026-yil 23-oktabr kuni soat 10:00 da Toshkent shahar Xalq qabulxonasi binosida shahar hokimining uy-joy kommunal ...
Uchtepa tumanidagi 90 sotix bo‘sh maydonda yangi sun’iy ko‘l va dam olish maskani tashkil etish ishlari boshlandi. ✔️Bu ...

Dastlabki örganişlar şuni körsatdiki, sobiq şampan vinolari zavodi hududida olib borilgan quriliş işlari vaqtida obyektn...