- Toshkentdan gapiramiz
- 23.10.2026, 15:47
Xalq qabulxonasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi
2026-yil 23-oktabr kuni soat 10:00 da Toshkent shahar Xalq qabulxonasi binosida shahar hokimining uy-joy kommunal xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Obidjon Muminov fuqarolarni qabul qildi.
▫️Qabul davomida fuqarolarning uy-joy va kommunal xo‘jaligi, obodonlashtirish, ko‘p qavatli uylarni saqlash va ularga xizmat ko‘rsatish, kommunal xizmatlar sifati hamda boshqa ijtimoiy-maishiy masalalarga oid murojaatlari tinglandi.
✔️Jami 6 nafar fuqaroning murojaati ko‘rib chiqildi. Ularni ijobiy hal etish maqsadida mutasaddi tashkilotlar va mas’ul xodimlarga tegishli topshiriq hamda ko‘rsatmalar berildi. Murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarni belgilangan muddatlarda hal etish va natijasi haqida fuqarolarga ma’lumot berish vazifasi yuklatildi.
🟢Qabulda murojaatlarni o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqish, fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlash hamda topshiriqlar ijrosini nazorat qilishga alohida e’tibor qaratildi.
Uchtepa tumanidagi 90 sotix bo‘sh maydonda yangi sun’iy ko‘l va dam olish maskani tashkil etish ishlari boshlandi. ✔️Bu ...

Dastlabki örganişlar şuni körsatdiki, sobiq şampan vinolari zavodi hududida olib borilgan quriliş işlari vaqtida obyektn...

🏢 Uchtepa tumani hokimi B.Mamadjanov, tuman prokurori S.Muxtarov hamda tuman IIO FMB boshlig’i, podpolkovnik F.Giyasov...

▫️Toşkent şahridagi bozor va savdo komplekslarining moliyaviy holatini örganiş, mol-mulkini xatlovdan ötkaziş va mavjud ...