- Toshkentdan gapiramiz
- 06.03.2026, 11:37
So‘nggi kunlarda elektr quvvatlantirish shoxobchalari mavzusi qizg‘in muhokama qilinmoqda. Shu munosabat bilan ushbu masalaga oydinlik kiritishni muhim deb hisoblaymiz.
⚡️Avvalo, shahardagi elektr quvvatlantirish infratuzilmasi to‘xtatilgani yo‘q va ishlashda davom etmoqda. Toshkentda quvvati 20 kVtdan yuqori bo‘lgan 1300 ga yaqin tezkor quvvatlantirish qurilmasi o‘rnatilgan, o‘tkazilayotgan xatlov esa tarmoq faoliyatining to‘xtatilishini anglatmaydi — u ulanishlarni tartibga solish va aholi uchun xavf-xatarlarni kamaytirish maqsadida zarur.
Shahar hokimligi tashabbusi bilan 3-mart kuni 12 ta ishchi guruh tuzilib, ular xatlov ishlarini boshladi. Bugungi kunga qadar 300 dan ortiq shoxobcha xatlovdan o‘tkazildi, bu esa ulanishlar holatini va tarmoqqa tushayotgan amaldagi yuklamani baholash imkonini bermoqda.
Xatlov davomida ayrim qoidabuzarliklar aniqlandi: 101 ta shoxobcha zarur hujjatlari yo‘qligi sababli vaqtincha tarmoqdan uzildi, shuningdek, 62 ta shoxobchaning elektr ta’minoti korxonalari bilan shartnomasi mavjud emasligi ma’lum bo‘ldi.
💡 Bu nima uchun muhimligini sodda qilib tushuntiramiz. Quvvati 20 kVtdan yuqori bo‘lgan tezkor quvvatlantirish — bu elektr tarmoqlari uchun jiddiy yuklamadir: bitta avtomobil qisqa vaqt ichida o‘nlab kilovatt energiya iste’mol qilishi mumkin. Agar ulanish hisob-kitoblarsiz va texnik shartlarsiz amalga oshirilsa, turar joy binolarining elektr ta’minotida haddan tashqari yuklama va uzilishlar xavfi ortadi. Biz esa bir shahar ahlimiz va biz uchun uylar, maktablar va shifoxonalarda elektr energiyasining barqaror bo‘lishi hayotiy muhim ahamiyatga ega.
🔆 Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar elektromobillik rivojini cheklashga emas, balki energiya tizimining xavfsiz va barqaror ishlashini ta’minlashga qaratilgan. Hozir tartib o‘rnatib, aniq talablarni belgilab olish muhim — shunda quvvatlantirish infratuzilmasi ham sokin va barqaror rivojlanadi.
⚡️ Alohida ta’kidlaymiz: huquqiy baho berish vakolatli organlarning vazifasiga kiradi. Ular nafaqat qoidabuzarliklarni qayd etadi, balki obyektlarni talablarga muvofiqlashtirish bo‘yicha yechimlarni ham taklif qiladi. Shu bilan birga, ayrim shaxslarning ushbu mavzuda shov-shuv ko‘tarishga (xayp qilishga) va professional baho o‘rnini egallashga urinishi na shaharga, na aholiga, na bozorga foyda keltiradi.
✔️ Shahar qonuniy doirada ishlashga va texnik talablarga rioya qilishga tayyor tadbirkorlar bilan konstruktiv hamkorlik qilish uchun ochiq.

Toshkent shahаr hokimligi tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan “Toshkent tajribasi” loyihasi doirasida poytaxtlik pedagogla...

Yangihayot tumanida ajrim ko‘rsatkichi oshgan mahallalarda oilaviy munosabatlarni o‘rganish va ajrimlarning oldini olish...

📍 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlari Davronbek Ravshanbekov, Zulfiya Mo‘minova, Toshpo‘lat Matibayev...

🗑Jami 1848 ta holat aniqlangan.🗑Shundan:— 1709 ta (92%) 3–7 marta takrorlangan holatlar— 100 ta (5%) 8–12 marta— 39 ta...