Eski versiya
Shrift o‘lchami:
Rang sxemasi:
Tasvirlar:

Toshkentda ochiq olovda taom tayyorlaydigan umumiy ovqatlanish obyektlari faoliyatini tartibga solish bo‘yicha izchil tizimli ishlar davom etmoqda.

👨‍⚕️Sanitariya-epidemiologiya qo'mitasi mutaxassislari va ekologiya sohasidagi vakolatli organlar bilan hamkorlikda belgilangan talablarga rioya qilmagan holda faoliyat yuritayotgan somsa, kabob, mangal va boshqa do‘konlarga nisbatan nazorat tadbirlari o‘tkazilmoqda.

⛽️ Tekshiruvlar davomida chiqindilarni tozalash bo‘yicha muhandislik yechimlariga ega bo‘lmagan holda piyodalar hududlarida va turar-joy binolari yaqinida tandir, pech va mangallarni joylashtirayotgan obyektlar aniqlanmoqda. Bunday nuqtalar faoliyati esa qonun hujjatlari talablariga to‘liq muvofiq holga keltirilgunga qadar to‘xtatib turilishi lozim.

📉Ma'lumki, tozalash va tutun chiqarish tizimlarisiz ishlash aholi salomatligiga xavf tug‘diradi, shahar muhiti sifatini yomonlashtiradi va fuqarolarning asosli e’tirozlariga sabab bo‘ladi.

🔺Tadbirkorlik subyektlariga qisqa muddatda faoliyatni qonuniylashtirish, sanitariya talablariga rioya qilish, filtrlar va samarali tutun chiqarish tizimlarini o‘rnatish, shuningdek, texnologik jarayonlarni ekologik me’yorlarga muvofiqlashtirish qat’iy tavsiya etiladi.

🧠Sanitariya-epidemiologiya xizmati va ekologiya organlarining nazorat tadbirlari davom ettiriladi. Qoidabuzarliklar aniqlangan taqdirda, belgilangan tartibda choralar ko‘riladi.

❗️Hurmatli yurtdoshlar!

Agar sizda shikoyat yoki murojaatlar bo‘lsa, Toshkent shahar sanitariya-epidemiologiya xizmati boshqarmasiga murojaat qilishingiz mumkin:

☎️Ishonch telefoni: (71) 248-12-43

💬Murojaat uchun Telegram-bot: @sanepidmurojaatbot

Tuman bo‘limlarining ishonch telefonlari:

• Bektemir — 71 295-02-50

• Yakkasaroy — 71 254-64-26

• Mirobod — 71 283-36-21

• Yunusobod — 71 221-77-40

• Yashnobod — 71 289-77-31

• Olmazor — 71 246-62-17

• Shayxontohur — 71 244-21-84

• M. Ulug‘bek — 71 269-75-25

• Sergeli — 71 258-33-80

• Uchtepa — 71 217-22-85

• Chilonzor — 71 278-50-78

• Yangihayot — 55 517-17-15

Teglar:
O‘xshash yangiliklar
Ko‘p kvartirali uylarda yashovchilar umumiy foydalanishdagi joylar, uyga tutash hudud, muhandislik tarmoqlari hamda umumiy mol-mulkdan foydalanishda belgilangan tartib-qoidalarga rioya qilishi shart.
23.06.2026, 10:38
Ko‘p kvartirali uylarda yashovchilar umumiy foydal...

Umumiy joylarni ifloslantirish, ularga zarar yetkazish, o‘zboshimchalik bilan qurilish yoki o‘zgartirish ishlarini amalg...

Toshkentda jamoat transporti ustuvorligi kuchaymoqda: “A” yo‘laklariga deliniatorlar o‘rnatilmoqda
22.06.2026, 15:27
Toshkentda jamoat transporti ustuvorligi kuchaymoq...

Toshkentda avtobuslar harakati uchun “A” toifasidagi alohida yo‘laklarni bosqichma-bosqich joriy etish ishlari davom etm...

Jahon chempionati doirasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘yinlari arafasida Toshkentda futbol anjomlari sotiladigan savdo nuqtalari ish boshladi.
22.06.2026, 10:19
Jahon chempionati doirasida O‘zbekiston milliy ter...

👕Bu yerda o‘zingiz, poytaxt mehmonlari uchun yoki shunchaki tarixiy futbol voqeasi haqida esdalik sifatida terma jamoam...

Toshkent shahar hokimligida Xitoyning "Shanghai LinkWise Data Tech" kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
19.06.2026, 17:33
Toshkent shahar hokimligida Xitoyning "Shanghai Li...

Uchrashuvda Toshkent shahar hokimining axborot texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha o‘rinbosari Alisher Dusmuxamedov, ...

Saytning yangi versiyasini ishga tushirdik, eski versiyaga qaytishni istasangiz, bu yerga bosing

Eski versiya