Toshkent shahar hokimiyati rasmiy sayti
Shrift o‘lchami:
Rang sxemasi:
Tasvirlar:

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent davlat tibbiyot universiteti yaqinida hind tilida yozilgan reklama peshlavhasi o‘rnatilgani haqida xabarlar tarqaldi

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar hokimlgi ishchi guruhi tomonidan bundan bir necha kun avval o‘rganish o‘tkazilib, reklama peshlavhasi belgilangan tartibda ruxsat hujjatlarisiz — noqonuniy o‘rnatilgani aniqlandi.

📖Peshlavhada “Davlat tili to‘g‘risida”gi qonun talablariga zid ravishda axborot berish qoidalariga rioya etilmagan, shuningdek, “Reklama to‘g‘risida”gi qonun talablari buzilgan.

Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, reklama axborotlari O‘zbekiston Respublikasining davlat tilida bo‘lishi, zarurat bo‘lsa boshqa tillarda ham berilishi mumkin, biroq bu holatda ham davlat tilidagi matnning ustuvorligi saqlanishi, reklama materiallari qonuniy joylashtirilishi shart.

Aniqlangan qoidabuzarliklar asosida noqonuniy o‘rnatilgan reklama peshlavhasi belgilangan tartibda demontaj qilindi. 

Eslatma: Toshkent shahar hokimligi tadbirkorlik subyektlari reklama peshlavhalari, bannerlar hamda tashqi axborot vositalarini o‘rnatishda ruxsat berish tartibiga, shuningdek, davlat tili va reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga qat’iy rioya etishga chaqiradi. Qonunbuzarlik holatlari aniqlangan taqdirda, reklama materiallari demontaj qilinadi hamda mas’ullarga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda choralar ko‘riladi.

Teglar:
O‘xshash yangiliklar
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining haftalik ish rejasi e’lon qilindi
14.09.2026, 10:49
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining haft...

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining navbatdagi haftalik ish rejasi doirasida deputatlar tomonidan hududlard...

11-sentyabr holatiga ko'ra "Xalq nazorati" portali ko'rsatkichlari
14.09.2026, 09:56
11-sentyabr holatiga ko'ra "Xalq nazorati" portali...

📊 11-sentyabr holatiga ko'ra, xalqnazorati.uz platformasi orqali 54 538 ta murojaat qabul qilingan. Joriy hafta davomid...

10-sentyabr holatiga ko‘ra poytaxt yo‘llaridagi transport harakati: asosiy ko‘rsatkichlar
11.09.2026, 17:31
10-sentyabr holatiga ko‘ra poytaxt yo‘llaridagi tr...

🔺 Toshkent shahar Yo‘l harakatini tashkil etish markazi tomonidan poytaxt ko‘chalaridagi transport oqimi, tirbandlik da...

Toshkent shahar hokimi o‘rinbosarining navbatdagi shaxsiy qabuli o‘tkazildi
11.09.2026, 10:07
Toshkent shahar hokimi o‘rinbosarining navbatdagi ...

Joriy yilning 10-sentabr kuni Toshkent shahar hokimining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha o‘rinb...