Toshkent shahar hokimiyati rasmiy sayti
Shrift o‘lchami:
Rang sxemasi:
Tasvirlar:

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining haftalik ish rejasi e’lon qilindi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining navbatdagi haftalik ish rejasi doirasida deputatlar tomonidan hududlarda tizimli o‘rganish ishlari, aholi bilan uchrashuvlar hamda muhim tashkiliy tadbirlar izchil davom ettirilmoqda. Ushbu faoliyatlar joylardagi dolzarb masalalarni aniqlash, ularni manzilli hal etish hamda deputatlik nazoratini kuchaytirishga qaratilgan.

🗓14-sentabr, dushanba kuni Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Shuhrat Sirojiddinov 44-Yangihayot saylov okrugidagi mahallalarda eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida hududlarda o‘rganish ishlari olib boriladi. Shuningdek xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi kotibiyat mudiri, deputat Davronbek Ravshanbekov tomonidan 162 ta qonun ijrosi yuzasidan o'rganish ishlari olib boriladi.
🔍 Mas’ul: D. Ravshanbekov

🗓 15-sentabr, seshanba kuni Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Nigora Eshmetova 39-Minor saylov okrugidagi "Matonat" mahallasida eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida hududlarda o‘rganish ishlari olib boriladi.
🔍
Mas’ul: D. Xashimov

🗓 16-sentabr, chorshanba kuni Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Xabibulla Akilov 6-Sarbon saylov okrugidagi mahallalarda eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida hududlarda o‘rganish ishlari olib boriladi.
🔍 Mas’ul: M.Yusupuv

🗓
17-sentabr, payshanba kuni Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlari tomonidan hududlarda sessiyaoldi o'rganish ishlari olib boriladi. Shuningdek xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Davronbek Ravshanbekov 46-Olmos okrugida 2026-yilning ikkinchi choragi davomida amalga oshirilgan deputatlik faoliyati yuzasidan saylovchilari oldida axborot berib, hisobot davrida bajarilgan ishlar, ilgari surilgan tashabbuslar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar haqida batafsil ma’lumot beradi.
🔍 Mas’ul: M.Yusupuv

🗓 18-sentabr, juma kuni Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi doimiy komissiyalarining navbatdagi yig'ilishlari o'tkaziladi.
🔍 Mas’ul: J. G'ulomqodirov

💡 O‘rganishlar davomida aniqlangan muammolar yuzasidan deputatlar tomonidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborilib, ularning ijrosi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatiladi. Olingan natijalar tahlil qilinib, kelgusi haftaning ustuvor vazifalari shakllantiriladi.

🔍 Mazkur vazifalarning o‘z vaqtida va samarali ijrosini ta’minlash Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi kotibiyati xodimlari tomonidan doimiy nazoratga olingan.

📌 Hududlarda olib borilayotgan tizimli ishlar orqali aholining muammolarini hal etish, ochiq muloqotni ta’minlash hamda samarali deputatlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Teglar:
O‘xshash yangiliklar
11-sentyabr holatiga ko'ra "Xalq nazorati" portali ko'rsatkichlari
14.09.2026, 09:56
11-sentyabr holatiga ko'ra "Xalq nazorati" portali...

📊 11-sentyabr holatiga ko'ra, xalqnazorati.uz platformasi orqali 54 538 ta murojaat qabul qilingan. Joriy hafta davomid...

10-sentyabr holatiga ko‘ra poytaxt yo‘llaridagi transport harakati: asosiy ko‘rsatkichlar
11.09.2026, 17:31
10-sentyabr holatiga ko‘ra poytaxt yo‘llaridagi tr...

🔺 Toshkent shahar Yo‘l harakatini tashkil etish markazi tomonidan poytaxt ko‘chalaridagi transport oqimi, tirbandlik da...

Toshkent shahar hokimi o‘rinbosarining navbatdagi shaxsiy qabuli o‘tkazildi
11.09.2026, 10:07
Toshkent shahar hokimi o‘rinbosarining navbatdagi ...

Joriy yilning 10-sentabr kuni Toshkent shahar hokimining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha o‘rinb...

Xalq qabulxonasida uchta qabul bo‘lib o‘tadi
11.09.2026, 09:24
Xalq qabulxonasida uchta qabul bo‘lib o‘tadi

Bugun Xalq qabulxonasida Toshkent shahar hokimligi rahbariyati ishtirokida navbatdagi qabullar tashkil etiladi.🔹 10:00–...