- Toshkentdan gapiramiz
- 05.06.2025, 17:28
Yashnobod tumanidagi ko‘chaning bir qismi nomini o‘zgartirish bo‘yicha ovoz berish
Hurmatli fuqarolar!
Yashnobod tumanidagi Abdulla Qodiriy ko‘chasining bir qismini qayta nomlash orqali unga Mustafo Kamol Otaturk nomini berish uchun ovoz berishda ishtirok eting!
Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari bo‘yicha Toshkent shahar komissiyasiga Yashnobod tumani hokimligining qurilishi rejalashtirilayotgan “O‘zbek-turk do‘stlik xiyoboni”ga tutash bo‘lgan ko‘chaga Mustafo Kamol Otaturk nomini berish bo‘yicha taklifi kelib tushgan.
Toshkent shahar hokimligi, “Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4-1-moddasiga muvofiq, mahalliy aholining fikrini o‘rganish maqsadida poytaxt aholisini Yashnobod tumanidagi Abdulla Qodiriy ko‘chasining bir qismini Mustafo Kamol Otaturk deb qayta nomlash yuzasidan o‘z fikrini https://geonom.tashkent.uz saytida ovoz berish yo‘li bilan bildirishga taklif etadi.
Shu bilan birga, aholi fikri quyidagi shakllarda ham qabul qilinadi:
Og‘zaki ravishda: +998-71-210-04-13 telefon raqamiga (ish kunlari soat 09:00-dan 17:00-gacha) murojaat qilish orqali;
Yozma: 100060, Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Islom Karimov shohko‘chasi, 51-uy pochta manziliga xat yuborish orqali;
Elektron shaklda: geonom@digitaltashkent.uz elektron pochtasiga xat yuborish yo‘li bilan.
Mahalliy aholi ovoz berish jarayonida joriy yilning 5-iyun kunidan 19-iyun kuniga qadar qatnashishi mumkin.

Toshkentda Summer Fest 2026 bo‘lib o‘tadi
🗓️ 27–28-iyun kunlari Toshkent shahrida Summer Fest 2026 yozgi festivali o‘tkaziladi.📍Tadbir Shayxontohur tumanidagi B...

Yuzlab vakansiyalar – barchasi bir joyda!
Mirzo Ulug‘bek tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi hamda hamkor tashkilotlar tomonidan...

Toshkentda ilk “sport” bekati paydo bo‘ldi
Sergeli tumanidagi avtomobil bozori yaqinida joylashgan va 12 ta avtobus yo‘nalishi o‘tadigan bekatda vorkaut maydonchas...

Korrupsiyaga qarshi kurashish: yangi qonun – yangi...
Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan O‘RQ–1155-son Qonun korrupsiyaga qarshi kurashish ti...