- Toshkentdan gapiramiz
- 09.10.2026, 17:17
Fuqarolar qabuli o‘tkazildi
😈 2026-yil 9-oktabr kuni soat 10:00 da Toshkent shahar Xalq qabulxonasi binosida Toshkent shahar hokimining uy-joy kommunal xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Obidjon Odilovich Muminov fuqarolarni qabul qildi.
🏘Qabul davomida uy-joy va kommunal xo‘jaligi, obodonlashtirish, ko‘p qavatli uylarni saqlash va ularga xizmat ko‘rsatish, kommunal xizmatlar sifati hamda boshqa ijtimoiy-maishiy masalalarga oid murojaatlar tinglandi.
✔️Jami 7 nafar fuqaroning murojaati ko‘rib chiqildi. Shundan 5 nafar fuqaroning masalalarini hal etish yuzasidan mas’ul tashkilotlar va xodimlarga topshiriq hamda ko‘rsatmalar berildi. Ularning ijrosini ta’minlash, masalalarni belgilangan muddatlarda hal etish va fuqarolarga natijalar haqida ma’lumot berish vazifasi yuklatildi.
▫️Qolgan 2 nafar fuqaroga amaldagi tartib va qonunchilik talablari asosida tushuntirish berildi.
🟢Qabulda murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarni o‘z vaqtida va sifatli hal etish, fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlash hamda topshiriqlar ijrosini nazorat qilishga alohida e’tibor qaratildi.
🏢Yakkasaroy tumanidagi 250-son DMTTda joriy ta’mirlash ishlari yakunlanmoqda. 1992-yilda qurilgan muassasada fasad, der...

Bugun Toshkent shahar hokimligida o‘quv markazlari rahbarlari hamda davlat tashkilotlari mas’ullari ishtirokida ochiq mu...

Eslatib o‘tamiz, bugun Xalq qabulxonasida Toshkent shahar hokimligi rahbariyati ishtirokida navbatdagi qabullar tashkil ...

▫️Poytaxtda aholi sonining o‘sishi va ta’lim o‘rinlariga bo‘lgan ehtiyojni inobatga olgan holda, 2027-yilgi Ijtimoiy va ...