- Toshkentdan gapiramiz
- 08.10.2026, 15:58
📈Toshkentda ta’lim infratuzilmasini rivojlantirish: 2027-yil uchun yangi loyihalar
▫️Poytaxtda aholi sonining o‘sishi va ta’lim o‘rinlariga bo‘lgan ehtiyojni inobatga olgan holda, 2027-yilgi Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritish uchun ta’lim obyektlari bo‘yicha manzilli takliflar shakllantirildi.
Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Durdona Rahimova boshchiligidagi ishchi guruh hamda tuman hokimliklari bilan hamkorlikda ta’lim muassasalarining mavjud quvvati, o‘quvchi va tarbiyalanuvchilar soni hamda qo‘shimcha o‘rinlarga bo‘lgan ehtiyoj tumanlar kesimida o‘rganildi.
Umumiy o‘rta ta’lim yo‘nalishida:
🔹 Yangi qurilish: Toshkent shahri hududida 2 ta yangi umumta’lim maktabi qurish — har biri 1 980 o‘rinli, jami 3 960 o‘rin.
🔹 Rekonstruksiya va qo‘shimcha bino qurish: Mirzo Ulug‘bek tumani, 221-sonli maktab — 960 o‘rin, 171-sonli maktab — 990 o‘rin; Yashnobod tumani, 152-sonli maktab — 990 o‘rin; Sergeli tumani, 55-sonli maktab — 990 o‘rin; Yunusobod tumani, 302-sonli maktab — 660 o‘rin; Shayxontohur tumani, 132-sonli maktab — 660 o‘rin; Uchtepa tumani, 228-sonli maktab — 990 o‘rin; Olmazor tumani, 133-sonli maktab — 1 200 o‘rin; Yangihayot tumani, 8-sonli maktab — 990 o‘rin.
🔹 Mukammal ta’mirlash: Chilonzor tumani, 178- va 90-sonli maktablar; Yakkasaroy tumani, 172-sonli maktab.
Maktabgacha ta’lim yo‘nalishida:
🔹 Rekonstruksiya va qo‘shimcha bino qurish: Shayxontohur tumani, 140-sonli MTT — 210 o‘rin, 229-sonli MTT — 240 o‘rin; Yashnobod tumani, 517-sonli MTT — 240 o‘rin; Olmazor tumani, 277-sonli MTT — 240 o‘rin.
🔹 Mukammal ta’mirlash: Chilonzor tumani, 200-, 496- va 526-sonli MTTlar; Mirzo Ulug‘bek tumani, 333-sonli MTT.
👨🏫Umuman, takliflar doirasida maktabgacha ta’limda 2 040 ta, umumiy o‘rta ta’limda esa 12 390 ta o‘quvchi o‘rni bo‘yicha yangi quvvat va imkoniyatlar yaratilishi ko‘zda tutilmoqda.
✔️Shakllantirilgan loyihalar poytaxtning hududlar kesimidagi real ehtiyojlaridan kelib chiqib tayyorlangan bo‘lib, 2027-yilgi dasturga kiritish uchun tegishli takliflar ishlab chiqildi.

🌇Toshkent shahar hokimligida Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Alisher Dusmuhamedov hamda IT Park Uzbekistan bosh dire...
Farg‘ona yo‘li ko'chasida “Yashil to‘lqin” tizimini sozlash zarurligi haqida aholi bizga izohlar va murojaatlarda bir ne...

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Durdona Rahimova boshchiligidagi ishchi guruh talabalar yotoqx...

Toshkent shahar prokurori Anvar Urmanov hamda Mirobod tumani hokimi Anvar Sayfutdinov boshchiligida tadbirkorlarning mua...