- Toshkentdan gapiramiz
- 07.08.2026, 15:31
Toshkent shahrida xotin-qizlar bilan tizimli ishlash samaradorligini yanada oshirish masalalari yuzasidan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi
Toshkent shahrida xotin-qizlar bilan tizimli ishlash samaradorligini yanada oshirish, mavjud muammolarni muhokama qilish hamda sohadagi hamkorlikni kuchaytirish masalalariga bag‘ishlangan ochiq muloqot tashkil etildi.
Tadbirda Oliy Majlis Senati Raisi T.Narbayeva, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Raisi Q.Rafikov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari D.Kattaxonova, Respublika komissiyasi a’zolari, vazirlik va idoralar rahbarlari, Toshkent shahar hokimligi rahbariyati, banklar rahbarlari, tuman hokimlari va ularning tegishli o‘rinbosarlari, mahalla raislari, mahallalardagi xotin-qizlar faollari hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.
Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad – xotin-qizlar bilan ishlash tizimi samaradorligini yanada oshirish, sohadagi mavjud muammolarni ochiq muhokama qilish, mas’ul tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash hamda har bir ayolga manzilli va amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha ustuvor vazifalarni belgilab olishdan iborat bo‘ldi.
🟡Ochiq muloqot davomida mahalla raislari, xotin-qizlar faollari va jamoatchilik vakillari tizimni takomillashtirishga qaratilgan qator taklif va tashabbuslarini bildirdilar.
Ta’kidlanganidek, xotin-qizlar bilan ishlash masalalariga bag‘ishlangan bunday keng qamrovli ochiq muloqot ilk bor o‘tkazildi. Muhokamalar jarayonida bildirilgan barcha taklif va mulohazalar mas’ul rahbarlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanib, ularni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.

🔺 Toshkent shahar Yo‘l harakatini tashkil etish markazi tomonidan poytaxt ko‘chalaridagi transport oqimi, tirbandlik da...

Joriy yilning 10-sentabr kuni Toshkent shahar hokimining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha o‘rinb...

Bugun Xalq qabulxonasida Toshkent shahar hokimligi rahbariyati ishtirokida navbatdagi qabullar tashkil etiladi.🔹 10:00–...

📚Toshkent shahrida yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni rivojlantirishga qaratilgan "Kitobxon Toshkent" loyihasining 3-bosqi...