- Toshkentdan gapiramiz
- 22.09.2026, 11:36
Toshkentning asosiy kuchi — odamlar
📈Toshkent Global Cities Index 2026 reytingida 128 pog‘onaga ko‘tarilib, dunyoning mingta eng yirik shahri orasida 343-o‘rinni egalladi. Iqtisodiy toifada poytaxt yanada sezilarli sakrashni amalga oshirdi: bir yil ichida 558-o‘rindan 188-o‘ringa ko‘tarildi.
✔️Lekin biz alohida faxrlanadigan natija bor. Toshkent inson kapitali bo‘yicha dunyoda 108-o‘rinni egalladi. 2024-yilda shahar 136-o‘rinda, 2025-yilda esa 123-o‘rinda edi. Reytingning ketma-ket uchta nashrida biz odamlarning bilimi, ko‘nikmasi va kasbiy salohiyatini aks ettiruvchi yo‘nalishda barqaror o‘sishni ko‘rib turibmiz.
Bu Toshkent dinamikasining yagona xalqaro e’tirofi emas. Boston Consulting Group kompaniyasining 2025-yilda o‘tkazilgan va 2026-yil 21-mayda e’lon qilingan "Built to Change: How Cities Compete for the Future" tadqiqotida Toshkent dunyoning 80 ta shahri orasida o‘zgarish tezligi bo‘yicha faqatgina Shenchjen va Ar-Riyoddan keyin uchinchi o‘rinni egalladi. Shu bilan birga, iqtisodiy faollikdagi o‘zgarishlar tezligi bo‘yicha poytaxt birinchi o‘rinni egalladi. BCG nafaqat shaharning hozirgi holatini, balki uning qanchalik tez rivojlanayotganini, moslashayotganini va aholi uchun sharoitlarni yaxshilayotganini baholaydi. Tadqiqot 200 dan ortiq ko‘rsatkichlarni qamrab oladi va dunyo shaharlarining 24 ming nafar aholisi o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalarini hisobga oladi.
📊Raqamlar ortida har kuni poytaxt kelajagini yaratayotgan insonlar turibdi: o‘qituvchilar va shifokorlar, muhandislar va tadbirkorlar, shahar xizmatlari mutaxassislari, talabalar va yosh mutaxassislar. Toshkent ularning bilimi, tashabbuslari va mehnati evaziga kuchliroq bo‘lib bormoqda. Aynan shuning uchun ham inson shaharni rivojlantirishga oid qarorlar markazida qolmoqda.
Ushbu natijalar Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar, Prezident Administratsiyasining poytaxtni rivojlantirishga qaratayotgan e’tibori, shahar va tuman jamoalarining hamjihatlikda ishlashi, biznesning sa’y-harakatlari va aholining bevosita ishtiroki tufayli mumkin bo‘ldi. Xalqaro tahlilchilar Toshkentni "Cities to Watch" — rivojlanishini kuzatib borish lozim bo‘lgan shaharlar ro‘yxatiga kiritdilar. Biz uchun bu umumiy mehnatimiz e’tirofi va shahrimiz bilan faxrlanish uchun asosdir.
🟢Ammo reytingdagi yuqori o‘rin faqatgina o‘zgarishlar kundalik hayotda sezilgandagina ma’noga ega bo‘ladi. Shahar muhiti sifati, toza havo va har bir tumanning qulayligi uchun hali ko‘p ishlarni amalga oshirishimiz oldinda turibdi. Iqtisodiy o‘sish odamlar uchun — Toshkentda o‘qish, ishlash, o‘z biznesini qurish va farzandlarini ulg‘aytirish kabi yangi imkoniyatlarga aylanishi kerak.
▫️Biz birgalikda erishgan yutuqlarimizdan faxrlanamiz. Va bundan keyin kim uchun ishlashda davom etishimiz kerakligini bilamiz — Toshkent aholisi uchun.
🚲 Velosipedlar, elektrosamokatlar, skuterlar va boshqa mikromobillik vositalari shahar harakatining tobora faol ishtiro...

Eslatib o‘tamiz, bugun Xalq qabulxonasida Toshkent shahar hokimligi rahbariyati ishtirokida navbatdagi qabullar tashkil ...

🟢22–25-sentabr kunlari CAEx majmuasida ICT Week 2026 xalqaro ko‘rgazma haftaligi bo‘lib o‘tadi.Tadbirda Toshkent shahar...
Toshkent shahrida Yo‘l harakatini tashkil etish markazi mutaxassislari tomonidan Kichik halqa avtomobil yo‘lining navbat...