- Toshkentdan gapiramiz
- 05.08.2026, 09:53
Hokim o‘rinbosari tomonidan fuqarolar uchun shaxsiy qabul o‘tkazildi
Toshkent shahar Xalq qabulxonasida Toshkent shahar hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Azizxon Shovkatov tomonidan fuqarolar uchun shaxsiy qabul o‘tkazildi.
➡️Qabul davomida murojaatchilar tomonidan turizm sohasida faoliyat yuritish uchun poytaxtning turizm ko‘chalaridan joy ajratish, musiqa va san’at maktablarining moddiy-texnik bazasini yaxshilash, ta’lim muassasalarini ta’mirlash hamda zarur inventarlar bilan ta’minlash bilan bog‘liq masalalar ko‘tarildi.
🔺Shuningdek, maktab binolarining muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini rekonstruksiya qilish, mavjud infratuzilmani yangilash, madaniyat va san’at sohasi vakillariga uy-joy sotib olish uchun subsidiya ajratilishida amaliy yordam ko‘rsatish yuzasidan murojaatlar bildirildi.
💬 Har bir murojaat Azizxon Shovkatov tomonidan batafsil tinglanib, unda ko‘tarilgan masalalarning kelib chiqish sabablari, ularni hal etish imkoniyatlari hamda amaldagi tartib-taomillar atroflicha muhokama qilindi.
🧑💻Murojaatlarning ayrimlari yuzasidan qabul jarayonining o‘zida tegishli tushuntirish va tavsiyalar berildi. Qo‘shimcha o‘rganish hamda mutasaddi tashkilotlar ishtirokini talab etadigan masalalar bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar yuklatilib, ularni belgilangan tartibda ko‘rib chiqish, murojaatchilarga amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.
📍Bektemir tumanida zamonaviy maktab qurilishi qizg‘in davom etmoqda. Qurilish ishlari 2026-yil aprel oyida boshlangan b...

So‘nggi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish, davlat boshqaruvida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash ham...

Korrupsiyaga qarshi kurashish va ochiqlikni taʼminlash borasida tizimli ishlar davom etmoqda So‘nggi yillarda mamla...

Bugun erta tongdan Mirzo Ulugʻbek tuman hokimi Boxodir Gaibnazarov boshchiligida barcha masʼullar saf yigʻinini oʻtkazdi...