Toshkent shahar hokimiyati rasmiy sayti
Shrift o‘lchami:
Rang sxemasi:
Tasvirlar:

Aholi uchun qulaylik tartib-intizomdan boshlanadi

Bugun Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzakov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Jamoat xavfsizligi va qonun ustuvorligini ta’minlash masalalari bo‘yicha departamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Aziz Azimov, shahar boshqarmalari, tegishli idoralar va Chilonzor tumani hokimligi rahbarlari hamrohligida tumandagi bir qator obyektlarda olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.

🏘Asosiy e’tibor jamoat joylarini noqonuniy qurilmalardan tozalash, obodonlashtirish, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish hamda xavfsiz shahar muhitini yaratishga qaratildi.

🗾 Xususan, tadbir ishtirokchilari “Qatortol” ko‘chasi va bozori hududida bo‘lib, uzoq yillar davomida piyodalar yo‘lini egallab turgan o‘zboshimchalik bilan qurilgan obyektlarni demontaj qilish ishlari bilan tanishdilar. Noqonuniy qurilmalar tufayli odamlar ko‘pincha yo‘lning qatnov qismiga chiqishga majbur bo‘lar edi.

🧑‍💻Bugun shahar piyodalarga o‘zlarining qonuniy hududini qaytarmoqda. Trotuarlar, avvalo, insonlar — bolalar, keksalar, aravachali ota-onalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va shahar bo‘ylab har kuni piyoda harakatlanadigan barcha aholi uchun mo‘ljallangan.

🔵Shuningdek, “Zarqo’rgon” mahallasidagi obodonlashtirish ishlari, “Navbahor” mahallasida elektr ta’minoti ishonchliligini oshirish masalalari hamda “Lutfiy” mahallasidagi GES-9 podstansiyasida mavjud muammolar o‘rganildi.

🫥 Amalga oshirilayotgan barcha ishlarni yagona bir maqsad birlashtiradi — shaharni har bir fuqaro uchun yanada qulay, xavfsiz va shinam qilish. Aynan inson manfaatlari shahar muhitini rivojlantirishda asosiy mezon bo‘lib qoladi, jamoat joylarida tartib o‘rnatish esa ushbu tizimli ishning muhim qismidir. 

Teglar:
O‘xshash yangiliklar
Bektemirda yangi maktab qad rostlamoqda
10.08.2026, 16:12
Bektemirda yangi maktab qad rostlamoqda

📍Bektemir tumanida zamonaviy maktab qurilishi qizg‘in davom etmoqda. Qurilish ishlari 2026-yil aprel oyida boshlangan b...

Korrupsiyaga qarshi kurashish va ochiqlikni ta’minlash borasida tizimli ishlar davom etmoqda
10.08.2026, 14:45
Korrupsiyaga qarshi kurashish va ochiqlikni ta’min...

So‘nggi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish, davlat boshqaruvida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash ham...

Korrupsiyaga qarshi kurashish va ochiqlikni taʼminlash borasida tizimli ishlar davom etmoqda
10.08.2026, 14:06
Korrupsiyaga qarshi kurashish va ochiqlikni taʼmin...

Korrupsiyaga qarshi kurashish va ochiqlikni taʼminlash borasida tizimli ishlar davom etmoqda So‘nggi yillarda mamla...

“Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” hamda “Dolzarb 40 kunlik” tadbirlari tumandagi mahallalarda qizgʻin pallaga kirdi.
10.08.2026, 11:18
“Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” hamda “...

Bugun erta tongdan Mirzo Ulugʻbek tuman hokimi Boxodir Gaibnazarov boshchiligida barcha masʼullar saf yigʻinini oʻtkazdi...