- Toshkentdan gapiramiz
- 29.07.2026, 10:22
Toshkentda “Yashil to‘lqin” tizimining ilk yo'nalishi ishga tushirildi
Yo‘l harakatini tashkil etish markazi mutaxassislari Buyuk ipak yo‘li ko‘chasining “To‘ra Buva” masjididan Salom ko‘chasigacha bo‘lgan qismidagi 13 ta chorrahada svetoforlarning o‘zaro sinxron ishlashini hisoblab chiqdi va tizimni sozladi.
⏰ Ertalabki soatlarda “Yashil to‘lqin” shahar markazi tomon, kechki vaqtda esa qarama-qarshi yo‘nalishda ishlaydi.
Svetoforlar faoliyatining sinxronlashtirilishi natijasida ushbu yo‘l qismidan o‘tish vaqti sezilarli darajada qisqardi.
Jumladan, “To‘ra Buva” masjididan Salom ko‘chasigacha bo‘lgan yo‘nalishda o‘rtacha harakatlanish vaqti 8,5 daqiqadan 6 daqiqagacha, ya’ni 29 foizga qisqardi.
Qarama-qarshi yo‘nalishda — Salom ko‘chasidan “To‘ra Buva” masjidigacha — harakatlanish vaqti 10 daqiqadan 8 daqiqagacha, ya’ni 20 foizga kamaydi.
📊 “Yashil to‘lqin” tizimining samarali ishlashi uchun haydovchilardan Yo‘l harakati qoidalari va belgilangan tezlik me’yorlariga rioya etish talab etiladi.
Mazkur yo‘l qismida soatiga 40–60 kilometr tezlikda harakatlanganda chorrahalardan svetoforning qizil chirog‘ida deyarli to‘xtamasdan o‘tish mumkin.
Ayni paytda Yo‘l harakatini tashkil etish markazi mutaxassislari aqlli svetoforlar o‘rnatilgan Toshkent shahrining boshqa ko‘chalarida ham “Yashil to‘lqin” tizimini joriy etish bo‘yicha hisob-kitob va loyihalash ishlarini olib bormoqda.

Toshkent shahar hokimligida “Ascend Solution” kompaniyasi bilan raqamlashtirish sohasidagi hamkorlik muhokama qilindi202...

Ayni kunlarda avtomobil va ehtiyot qismlari savdosi sohasida faoliyat yurituvchi 30 nafardan ortiq afg‘onistonlik tadbir...

Sessiyada deputatlar, kun tartibidagi:✅ Mirzo Ulug‘bek tumanida 2026-yil yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar va 202...

⚡️ Bugun Uchtepa tumani IIO FMB boshlig‘i, podpolkovnik A.A. Baxramov tomonidan tumandagi “Birlik” mahallasiga tashrif a...