Toshkent shahar hokimiyati rasmiy sayti
Shrift o‘lchami:
Rang sxemasi:
Tasvirlar:

Toshkent shahar hokimligida “Ascend Solution” kompaniyasi bilan raqamlashtirish sohasidagi hamkorlik muhokama qilindi

Toshkent shahar hokimligida “Ascend Solution” kompaniyasi bilan raqamlashtirish sohasidagi hamkorlik muhokama qilindi

2026-yil 28-iyul kuni Toshkent shahar hokimligida hokimning axborot texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha o‘rinbosari Alisher Dusmuhamedov hamda “Ascend Solution” kompaniyasi prezidenti va bosh ijrochi direktori Ali Saleh boshchiligidagi Saudiya Arabistoni delegatsiyasi ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda ta’lim, qurilish, iqtisodiyot, kommunal xizmatlar, bozorlar va avtoturargohlarni yagona axborot platformalari orqali boshqarishga qaratilgan 20 dan ortiq loyiha taqdim etildi.
“Qulay muhit” loyihasi doirasida shahar muammolarini tezkor aniqlash va ularning bartaraf etilishini kuzatish mexanizmi yaratilayotgani qayd etildi. Mirzo Ulug‘bek va Sergeli tumanlarida vaziyatlar markazlari ishga tushirilgan. Qolgan o‘nta tumandagi markazlarni ham Markaziy vaziyatlar markaziga ulash rejalashtirilgan.
Shuningdek, maktablarni sun’iy intellekt asosidagi videokuzatuv tizimlari va turniketlar bilan jihozlash, telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish hamda qurilish obyektlarida nazorat tizimlarini joriy etish ishlari haqida ma’lumot berildi.
“Ascend Solution” vakillari sog‘liqni saqlash, shahar va transport boshqaruvi, aktivlar hamda ta’minot zanjirlari yo‘nalishidagi tajribalarini taqdim etdilar. Kompaniya Saudiya Arabistonida 30 dan ortiq boshqaruv markazini tashkil etishda ishtirok etgan.
Delegatsiya Toshkentdagi axborot tizimlari, videokuzatuv, GIS, IoT qurilmalari, transport, kommunal xizmatlar va fuqarolar murojaatlariga oid ma’lumotlarni yagona platformada birlashtiruvchi Integratsiyalashgan shahar boshqaruv markazini tashkil etishni taklif qildi.
Markaz shahar jarayonlarini real vaqt rejimida kuzatish, muammolarni erta aniqlash, mas’ul tashkilotlarga yo‘naltirish va ijrosini nazorat qilish imkonini beradi. Bunda katta ma’lumotlar, sun’iy intellekt, mashinaviy o‘qitish va videotahlil texnologiyalaridan foydalanish ko‘zda tutilgan.
Uchrashuv yakunida takliflarni Toshkent shahridagi raqamlashtirish loyihalari bilan uyg‘unlashtirish va hamkorlikni davom ettirish bo‘yicha kelishib olindi.

Teglar:
O‘xshash yangiliklar
Bugun Xalq qabulxonasida fuqarolar qabuli bölib ötadi
28.10.2026, 11:49
Bugun Xalq qabulxonasida fuqarolar qabuli bölib öt...

Bugun Xalq qabulxonasida Toşkent şahar hokimligi rahbariyati tomonidan fuqarolar qabuli ötkaziladi.🔹 11:30Şahnoza Sulta...

🚚Suv purkaş işlari: çang kötarilişi kamayib, namlik oşmoqda
28.10.2026, 09:16
🚚Suv purkaş işlari: çang kötarilişi kamayib, naml...

▫️Toşkent köçalarida qariyb 100 ta maxsus texnika yordamida suv purkaş işlari olib borilmoqda. Yöl qoplamasini muntazam ...

Sport va dam oliş uçun yanada köproq imkoniyatlar: Toşkentda mahallalarni obodonlaştiriş işlari davom etmoqda
27.10.2026, 15:04
Sport va dam oliş uçun yanada köproq imkoniyatlar:...

🏓🏟️Toşkent şahrining mahallalarida kökalamzorlaştiriş, sport va bolalar maydonçalarini quriş, xiyobonlar taşkil etiş h...

Jamoat transporti uçun alohida yölaklar qurilişining navbatdagi bosqiçi: Toşkentning uçta köçasida maxsus yölaklar barpo etiş işlari boşlandi
27.10.2026, 10:00
Jamoat transporti uçun alohida yölaklar qurilişini...

Yöl harakatini taşkil etiş markazi (YHTM) ma’lumotlariga köra, poytaxtning uçta köçasida jamoat transporti uçun alohida ...