- Toshkentdan gapiramiz
- 15.07.2026, 15:37
Mustaqillik shoh ko‘chasida nimalar o‘zgarmoqda?
Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Mustaqillik shoh ko‘chasida yo‘l qoplamasi, yoritish, suv qochirish tizimi va bekat infratuzilmasini kompleks yangilash ishlari davom etmoqda.
Ayni paytda birinchi bosqich doirasidagi asosiy ishlar yakunlanmoqda. Ko‘chaning bir qismida asfaltlash ishlari tugallandi va ushbu yo‘nalish qisqa muddatlarda transport harakati uchun ochilishga tayyorlanmoqda.
Birinchi bosqich doirasida:
Yo‘l qoplamasi
— 23 039 m² eski asfalt qoplamasi frezalandi;
— 23 039 m² yirik donali asfalt-beton yotqizildi;
— 28 984 m² bazalt geoto‘ri o‘rnatildi;
— 23 039 m² maydonga PShMA-20 qoplamasi yotqizilmoqda.
PShMA-20 yuqori transport yuklamasiga, issiq ob-havo sharoitida deformatsiya va g‘ildirak izlari hosil bo‘lishiga chidamliligi hamda uzoq muddat xizmat qilishi bilan ajralib turadi.
🌧 Suv qochirish tizimi va yo‘l elementlari
— 1 143 metr suv qochirish lotogi yangilandi;
— 111 metr metall quvur almashtirildi;
— 1 300 metr yangi bordyur o‘rnatildi;
— yo‘l chetidagi 1 143 metr bordyur yangilandi;
— ajratuvchi tasmadagi 566 metr eski bordyur demontaj qilindi.
Mazkur ishlar yog‘ingarchilik vaqtida suvning yo‘l yuzasida to‘planib qolishining oldini olish, asfalt qoplamasining xizmat muddatini uzaytirish va harakat xavfsizligini oshirishga xizmat qiladi.
💡Yoritish tizimi
— 34 ta eski yoritish ustuni demontaj qilinmoqda;
— 67 ta yangi yoritish ustuni o‘rnatilmoqda.
🚌 Bekat infratuzilmasi
— 3 ta yangi avtobus maydonchasi tashkil etilmoqda;
— 3 ta zamonaviy bekat pavilyoni o‘rnatilmoqda;
— yo‘lovchilar uchun kutish hududlari kengaytirilmoqda;
— taktil yo‘naltiruvchi plitalar yotqizilmoqda.
Bu avtobuslarning bekatlarga erkin yaqinlashishi, yo‘lovchilarning xavfsiz chiqib-tushishi va qulay sharoitda kutishini ta’minlaydi.
👷 Ishlarga 30 dan ortiq maxsus texnika, shuningdek, 250 nafardan ziyod ishchi va malakali mutaxassis jalb qilingan.
Barcha jarayonlar belgilangan texnologik talablar va muhandislik yechimlari asosida olib borilmoqda.

🎳 Avval ta’kidlanganidek, Toshkent shahri piyodalar, harakatlanish qulayligi va aholi turmush sifatini ustuvor deb bilg...

📍Sergeli tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, mahallalarda yaratilayotgan qulay sharoitlar, yangi turiz...
Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Mustaqillik shoh ko‘chasida qurilish-ta’mirlash ishlari jadal davom etmoqda.Obyektda amaliy is...
Shu maqsadda Toshkent shahar prokurori v.b. A.A. Urmanov, shahar IIBB boshlig‘i R.I. Sultonxo‘jayev hamda Yakkasaroy tu...