- Toshkentdan gapiramiz
- 10.07.2026, 15:52
Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan poytaxt hududlarida tungi xizmatni tashkil etish, uning samaradorligi hamda jamoat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar doimiy ravishda o‘rganib borilmoqda.
Shu maqsadda Toshkent shahar prokurori v.b. A.A. Urmanov, shahar IIBB boshlig‘i R.I. Sultonxo‘jayev hamda Yakkasaroy tumani rahbariyati tumanda yo‘lga qo‘yilgan tungi xizmat faoliyati bilan tanishdi.
O‘rganishlar dastlab tumandagi “Seoul Moon” ko‘ngilochar majmuasida olib borildi. U yerda jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, profilaktika inspektorlari, Milliy gvardiya va boshqa mas’ul xizmatlar o‘rtasidagi hamkorlik, patrul yo‘nalishlarining tashkil etilishi hamda texnik vositalardan foydalanish holati ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, poytaxt miqyosida o‘tkazilayotgan “Sog‘lom va xavfsiz yurt” profilaktik tadbirlari doirasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, kriminogen vaziyatni barqaror saqlash, fuqarolar murojaatlariga tezkor munosabat bildirish hamda 2-sonli IIB hududida tungi xizmat samaradorligini yanada oshirish masalalari muhokama qilindi.
Mas’ul rahbarlarga tungi xizmatni kuchaytirish, aholi gavjum joylarda nazoratni samarali tashkil etish, profilaktik ishlarni manzilli olib borish va xizmatlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Bugun Toshkent shahar hokimligi tashabbusi bilan Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Toshkent shahar Kambag‘allikni qisqar...
Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzoqov 11-avgust kuni Chilonzor tumaniga ishchi tashrifi davomida Anhor.uz'ga eksklyuz...
Transport vositalari harakatini qulaylashtirish, ortiqcha masofani qisqartirish va chorrahadagi tirbandliklarning oldini...

📝 Unda dastlab Joriy yilning 1-yarim yilligida Toshkent shahrida jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshiri...