Toshkent shahar hokimiyati rasmiy sayti
Shrift o‘lchami:
Rang sxemasi:
Tasvirlar:

Xitoy Xalq Respublikasiga rasmiy tashrif doirasida Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzakov boshchiligidagi shahar hokimligi delegatsiyasi “China Railway Construction Corporation” kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi.

📈Muzokaralar davomida tomonlar Toshkent shahrini kompleks renovatsiya qilish, shahar infratuzilmasini modernizatsiyalash hamda shaharsozlik va ekologiya sohalariga zamonaviy yechimlarni joriy etish bo‘yicha hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi.

🇺🇿Toshkent shahar hokimi kompaniyaga renovatsiya hududlaridagi loyihalarni amalga oshirishda, shuningdek, zamonaviy ekologik standartlar va texnologiyalarni qo‘llagan holda qurilish va maishiy chiqindilarni qayta ishlaydigan ixtisoslashtirilgan poligon qurishda ishtirok etish imkoniyatini ko‘rib chiqishni taklif etdi.

🤔Bundan tashqari, uchrashuvda poytaxt transport infratuzilmasini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Tomonlar Toshkent shahrida zamonaviy pulli avtomobil yo‘llarini qurish loyihalarini, jumladan, uzunligi qariyb 100 kilometr bo‘lgan halqa pulli yo‘lini hamda kelgusi yillarda qurilishi rejalashtirilayotgan yangi xalqaro aeroport yo‘nalishida shaharning markaziy qismidan o‘tuvchi yangi pulli magistral qurilishini amalga oshirish istiqbollarini muhokama qildi.

🧠 Shuningdek, muzokaralar doirasida “China Railway Construction Corporation” kompaniyasining tajriba va salohiyatini jalb qilgan holda ijtimoiy infratuzilma obyektlari, jumladan, zamonaviy maktablar, bolalar bog‘chalari, tibbiyot muassasalari va boshqa ijtimoiy ahamiyatga ega obyektlar qurish masalalari ko‘rib chiqildi.

🤔Kompaniya vakillari taqdim etilgan tashabbuslarni o‘rganishdan manfaatdor ekanliklarini bildirib, Toshkent shahar hokimligi bilan amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirishga tayyor ekanliklarini qayd etdilar.

Teglar:
O‘xshash yangiliklar
Deputat tashabbusi bilan Yakkasaroyda zamonaviy bolalar maydonchalari barpo etilmoqda
24.07.2026, 16:45
Deputat tashabbusi bilan Yakkasaroyda zamonaviy bo...

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Vasila Alimova tomonidan mahallalarda bolalar uchun xavfsiz va zam...

Shahar - inson uchun: Toshkentda xavfsiz piyodalar o‘tish joylari ko‘paymoqda
24.07.2026, 15:45
Shahar - inson uchun: Toshkentda xavfsiz piyodalar...

Joriy yilning mart oyidan buyon Yo‘l harakatini tashkillashtirish markazi mutaxassislari Toshkentning turli tumanlarida ...

“Sebzor” mahallasida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi
24.07.2026, 10:48
“Sebzor” mahallasida keng ko‘lamli obodonlashtiris...

🚿Mahallada 1 240 metr uzunlikdagi sug‘orish tizimlari o‘rnatildi, 5 ta ko‘p qavatli uyning fasad qismi ta’mirlandi, 6 0...

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining yigirma beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
23.07.2026, 14:47
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining yigi...

📈Sessiyada poytaxtning ijtimoiy-iqtisodiy rivoji, aholi murojaatlari bilan ishlash, qonuniylikni ta’minlash hamda shaha...