Eski versiya
Shrift o‘lchami:
Rang sxemasi:
Tasvirlar:

Mahalliy Kengashlar faoliyatida yangi samarali boshqaruv mexanizmlari joriy etilmoqda

 Oliy Majlis Senatining bugungi 15-yalpi majlisida “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi Qonun muhokama qilinib, senatorlar tomonidan ma’qullandi.


🔺 Qonun bilan mahalliy vakillik organlari faoliyatiga qator muhim yangiliklar kiritilmoqda:

✅ Mahalliy Kengashlarda Kengash raisi o‘rinbosari instituti joriy etiladi. U bir vaqtning o‘zida Kengash kotibiyati mudiri vazifasini ham amalga oshiradi.

✅ Kengashlar faoliyatining uzluksizligini ta’minlash maqsadida Kengash Rayosati tashkil etiladi. Uning tarkibiga Kengash rahbariyati, doimiy komissiyalar va siyosiy partiya guruhlari rahbarlari kiradi.

✅ “Kengash soati” instituti joriy etilmoqda. Endi deputatlar aholini qiynayotgan dolzarb masalalar yuzasidan mahalliy davlat organlari va mutasaddilardan tezkor javob olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

💬 Senatorlar ta’kidlaganidek, ushbu Qonun Prezidentning 2025 yil 23 iyundagi PF–98-sonli Farmoni ijrosini ta’minlashga xizmat qilib, “Kuchli Kengash – hisobdor va tashabbuskor hokim” tamoyilini amalda qaror toptirishda muhim qadam bo‘ladi.

📝 Qonunning qabul qilinishi:— vakillik nazorati ta’sirchanligini kuchaytirishga,— hududiy muammolarni hal etish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Teglar:
O‘xshash yangiliklar
Yakkasaroy tumanida piyodalar xavfsizligini ta’minlash masalasi deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi
21.05.2026, 10:26
Yakkasaroy tumanida piyodalar xavfsizligini ta’min...

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Vasila Alimova tomonidan Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsi...

Skeytbord, velosiped yoki rolik — faol harakat ishqibozlari uchun skeyt park maydoni yangilandi
20.05.2026, 10:17
Skeytbord, velosiped yoki rolik — faol harakat ish...

“Moviy gumbazlar” xiyobonidagi skeyt park bugun ko‘plab havaskorlar va sportga qiziquvchilarni bir joyga jamlamoqda.So‘n...

Uchtepa tumani yangiliklari
19.05.2026, 17:39
Uchtepa tumani yangiliklari

  Toshkent shahar hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalarni rivojlantirish, ekologiya v...

Toshkent shahar hokimligi delegatsiyasi Finlyandiya va Estoniyada ilg‘or tajribalarni o‘rganmoqda
19.05.2026, 15:40
Toshkent shahar hokimligi delegatsiyasi Finlyandiy...

Toshkent shahar hokimligi delegatsiyasi 18–22-may kunlari Finlyandiya va Estoniya Respublikalarining poytaxt shaharlarid...

Saytning yangi versiyasini ishga tushirdik, eski versiyaga qaytishni istasangiz, bu yerga bosing

Eski versiya