- Toshkentdan gapiramiz
- 20.05.2026, 10:17
Skeytbord, velosiped yoki rolik — faol harakat ishqibozlari uchun skeyt park maydoni yangilandi
“Moviy gumbazlar” xiyobonidagi skeyt park bugun ko‘plab havaskorlar va sportga qiziquvchilarni bir joyga jamlamoqda.
So‘nggi yangilanishlardan so‘ng maydoncha yanada kengaydi: uning hududi 600 kvadrat metrdan 1300 kvadrat metrga yetkazildi. Sport elementlari soni esa 5 tadan 13 taga ko‘paytirildi.
Mazkur maydoncha skeytbord, velosiped, rolik va boshqa g‘ildirakli sport vositalarida uchish, turli tryuklarni bajarish hamda ekstremal sport turlari bilan shug‘ullanish uchun mo‘ljallangan.
Bu yerda mashq qilish, faol hordiq chiqarish va yangi do‘stlar orttirish mumkin.

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Vasila Alimova tomonidan Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsi...

Oliy Majlis Senatining bugungi 15-yalpi majlisida “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunga o‘zgartirish ...

Toshkent shahar hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalarni rivojlantirish, ekologiya v...

Toshkent shahar hokimligi delegatsiyasi 18–22-may kunlari Finlyandiya va Estoniya Respublikalarining poytaxt shaharlarid...