Eski versiya
Shrift o‘lchami:
Rang sxemasi:
Tasvirlar:

Mirobodda “Obod mahalla” dasturi doirasida yana bir manzilda keng ko‘lamli yangilanish ishlari boshlandi

Bugun tumanimizdagi "Furqat" mahallasi hududida obodonlashtirish va hashar ishlariga start berildi.

“Obod mahalla” dasturi boshlanishi oldidan tuman hokimi Anvar Sayfutdinov boshchiligida saf yig‘ini o‘tkazildi. Unda amalga oshiriladigan ishlar atroflicha tahlil qilinib, har bir sohadagi mas’ullarga aniq vazifa va topshiriqlar berildi.


Tuman hokimi mahalladagi har bir o‘zgarish aholi uchun qulay va xavfsiz muhit yaratishga xizmat qilishi kerakligini ta’kidlab, barcha ishlar sifatli va belgilangan muddatlarda bajarilishi shartligini qayd etdi.
“Obod mahalla” dasturi doirasida hududda qator muhim ishlar amalga oshiriladi.


Jumladan:

🔴 zamonaviy piyodalar yo‘laklarini barpo etish;
🔴 gaz quvurlarini tartibga keltirish va bo‘yash;
🔴 elektr simlariga xalaqit berayotgan hamda aholi xonadonlari derazalariga yaqinlashib qolgan daraxt shoxlarini sanitar tartibga keltirish ishlari olib boriladi.

Shuningdek, mahallada yangi bolalar maydonchalari, vorkaut komplekslari va aholi dam olishi uchun zamonaviy alleya barpo etilishi rejalashtirilgan.

Demontaj ishlari va hududni tozalash ishlari esa bugunning o‘zidayoq boshlab yuborildi.

Teglar:
O‘xshash yangiliklar
Shayxontohur tumanida “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” kasbiy mahorat milliy tanlovining tuman bosqichi yuqori saviyada tashkil etilmoqda🇺🇿
09.06.2026, 11:10
Shayxontohur tumanida “Yangi O‘zbekiston bunyodkor...

📌Tanlov doirasida yoshlarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini namoyon etish, zamonaviy kasblarga bo‘lgan qiziqishini osh...

Oʻzbekistonda yozgi taʼtil davrida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish uchun yo‘lga qo‘yilgan tashabbusdir
09.06.2026, 10:29
Oʻzbekistonda yozgi taʼtil davrida yoshlarning bo‘...

Dastur doirasida: - Sport musobaqalari va to‘garaklar; - Kitobxonlik, ijodiy va ma’naviy tadbirlar; - IT,...

🏆Toshkent shahrida yozgi sog‘lomlashtirish maydonchalari faoliyati boshlandi
08.06.2026, 14:56
🏆Toshkent shahrida yozgi sog‘lomlashtirish maydon...

Aziz ota-onalar va o‘quvchilar!🧠 Toshkent shahrining 12 ta tumanidagi 47 ta umumiy o‘rta ta’lim muassasasida “Yozgi sog...

🎉Yoshlar oyligi doirasida “Sergeli yoshlarni sevadi” shiori ostida tashkil etilgan konsert dasturida “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari – 2026” Respublika kasbiy mahorat tanlovining tuman bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
08.06.2026, 11:23
🎉Yoshlar oyligi doirasida “Sergeli yoshlarni seva...

🏆Tadbir davomida turli kasb yo‘nalishlari bo‘yicha yuqori natijalarga erishgan, o‘z bilim va mahoratini namoyon etgan y...

Saytning yangi versiyasini ishga tushirdik, eski versiyaga qaytishni istasangiz, bu yerga bosing

Eski versiya