- Toshkentdan gapiramiz
- 05.03.2026, 11:26
4-mart 2026-yil. Yo‘l harakatini tashkil etish markazi
⭕️4-mart kuni poytaxtda ko‘cha-yo‘l tarmog‘ining texnik holatini yaxshilash, harakat xavfsizligi va o‘tkazuvchanligini oshirishga qaratilgan ishlar rejali asosda davom ettirildi.
Yomg'ir sababli ish sifatini ta'minlash maqsadida bugun frezalash va asfaltlash ishlari vaqtincha to'xtatib turildi.
⬆️ Yo‘l belgilari
🟡 16 ta yangi o‘rnatildi;
🔄 39 ta almashtirildi.
📍 Buyuk Ipak yo‘li, Muqimiy, Bobur, Nukus, Sebzor
🚦 Aqlli svetoforlar
🔹 Buyuk Ipak yo‘li ko'chasida 6 ta chorrahada o‘rnatish bo‘yicha ishchi sxemalar tayyorlandi;
🔹 Qatortol-Taxtapul chorrahasida yer qazish, asfalt kesish ishlari amalga oshirildi;
🔹 Cho‘ponota ko'chasida Hamkorbank oldi va Ko'rlar jamiyati oldidagi piyodalar o'tish joylarida svetoforlar ishga tushirildi;
🔹 Qatortol 1-tor va Qatortol ko'chalari chorrahasida asfalt kesish ishlari amalga oshirildi;
🔹 Xonobodtepa shoh ko‘chasi-Qumariq ko‘chalari kesishmasida prokol ishlari amalga oshirildi.
🏗 Bekatlarni yangilash
📍 Buyuk Ipak yo‘li (2 ta), Maxtumquli (3 ta), Osiyo (1 ta), KHAY (1 ta) — jami 7 ta zamonaviy bekat o‘rnatish uchun poydevor yangilash ishlari davom etmoqda.
🏗 Qo‘shimcha ishlar
📍Maxtumquli ko'chasida 3050 metr yo'l yotiq chiziqlari chizildi;
📍 Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasida 8 ta yo‘l usti temir qopqoq (lyuk) to‘g‘irlandi;
📍 Shahar bo‘ylab 50 dan ortiq yo‘l belgilari alohida ustunlarga ko‘chirildi, eski ustunlar bo‘yaldi;
📍 Bobur ko‘chasida jamoat transporti uchun ajratilgan “A-yo'lak"iga kameralar o‘rnatish nuqtalari belgilandi;
📍 55 km yo‘llarda 100 dan ortiq piyodalar o‘tish joylari o‘rganildi, moslashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi;
📍 50 km yo‘llarda jamoat transporti uchun qo‘shimcha maxsus “A-yo'lak" tashkil etish loyihasi ustida ishlar davom etmoqda;
📍 Sebzor ko‘chasidagi 21 ta chiroq metall ustunlari bo‘yaldi.
🔄 Ishlar ob-havo sharoitidan kelib chiqib, shahar ko‘chalarida xavfsizlik va samarali harakatni ta’minlash maqsadida davom ettirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon, qaror, farmoyishi va o‘tkazilgan yig‘ilish bayonlari...

Barcha tadbirlar tasdiqlangan yo‘l harakatini tashkil etish sxemalari asosida, tegishli xizmatlar o‘zaro muvofiqla...

Toshkent shahrida yo‘l harakatini tashkil etish markazi Toshkent shahrining transport master-rejasini ishlab chiqish bo‘...

Buning uchun maxsus tuzilgan Yo‘l harakatini tashkil etish markazi bugun Toshkent shahridagi tirbandliklar va ekologiya ...