Eski versiya
Shrift o‘lchami:
Rang sxemasi:
Tasvirlar:

Shahar yog'ingarchilikka tayyor

Qisqa vaqt ichida ko‘p va uzoq davom etgan yog‘ingarchilik tufayli, shaharning ayrim hududlarida vaqtinchalik suv to‘planishlari kuzatilmoqda. Yog‘ingarchilik miqdori o‘rtacha ko‘rsatkichlardan ancha yuqori bo‘lgani sababli, yomg‘ir kanalizatsiyasi va oqova suv tizimlariga jiddiy yuklama tushmoqda.

Barcha tegishli shahar xizmatlari kuchaytirilgan ish rejimiga o‘tkazilgan bo‘lib, kechayu kunduz faoliyat ko‘rsatmoqda. Yomg‘ir qabul qiluvchi quduqlar, ariq tarmoqlari va kollektorlar suv o‘tishini qiyinlashtiradigan cho‘kindilar va maishiy chiqindilardan tezkor tozalanmoqda. Maxsus texnikalar jalb etilgan holda, muammoli hududlar doimiy nazorat qilinmoqda, fuqarolarning murojaatlari birinchi navbatda ko‘rib chiqilmoqda.

Qo‘shimcha ravishda ta’kidlaymizki, yomg‘ir kanalizatsiya tizimining qattiq maishiy chiqindilar bilan ifloslanishi suvning oqib ketishini jiddiy qiyinlashtiradi va mahalliy suv to’planishlariga sabab bo‘ladi. Aholidan obodonlashtirish qoidalariga rioya qilishlarini va chiqindilarni suv oqava kanallariga tashlamasliklarini iltimos qilamiz.

Suv to‘planishi yoki boshqa favqulodda vaziyatlar aniqlangan taqdirda quyidagi manzillarga zudlik bilan xabar berishingizni so‘raymiz:

— "Xalq nazorati" portali orqali;

— hokimiyatning rasmiy Telegram-botiga;

— quyidagi telefon raqamlari orqali: 112, 1055, (71) 212-69-80, (71) 212-69-82.

Har bir murojaat nazoratga olinib, darhol tegishli xizmatlarga chora ko‘rish uchun yo‘naltiriladi. 

Teglar:
O‘xshash yangiliklar
Ko‘p kvartirali uylarda yashovchilar umumiy foydalanishdagi joylar, uyga tutash hudud, muhandislik tarmoqlari hamda umumiy mol-mulkdan foydalanishda belgilangan tartib-qoidalarga rioya qilishi shart.
23.06.2026, 10:38
Ko‘p kvartirali uylarda yashovchilar umumiy foydal...

Umumiy joylarni ifloslantirish, ularga zarar yetkazish, o‘zboshimchalik bilan qurilish yoki o‘zgartirish ishlarini amalg...

Toshkentda jamoat transporti ustuvorligi kuchaymoqda: “A” yo‘laklariga deliniatorlar o‘rnatilmoqda
22.06.2026, 15:27
Toshkentda jamoat transporti ustuvorligi kuchaymoq...

Toshkentda avtobuslar harakati uchun “A” toifasidagi alohida yo‘laklarni bosqichma-bosqich joriy etish ishlari davom etm...

Jahon chempionati doirasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘yinlari arafasida Toshkentda futbol anjomlari sotiladigan savdo nuqtalari ish boshladi.
22.06.2026, 10:19
Jahon chempionati doirasida O‘zbekiston milliy ter...

👕Bu yerda o‘zingiz, poytaxt mehmonlari uchun yoki shunchaki tarixiy futbol voqeasi haqida esdalik sifatida terma jamoam...

Toshkent shahar hokimligida Xitoyning "Shanghai LinkWise Data Tech" kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
19.06.2026, 17:33
Toshkent shahar hokimligida Xitoyning "Shanghai Li...

Uchrashuvda Toshkent shahar hokimining axborot texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha o‘rinbosari Alisher Dusmuxamedov, ...

Saytning yangi versiyasini ishga tushirdik, eski versiyaga qaytishni istasangiz, bu yerga bosing

Eski versiya