Eski versiya
Shrift o‘lchami:
Rang sxemasi:
Tasvirlar:

Yangihayot tumanidagi nomsiz ko‘chalarni nomlash hamda amaldagi ayrim ko‘chalarni qayta nomlash uchun ovoz berishda ishtirok eting!

Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari bo‘yicha Toshkent shahar komissiyasiga Yangihayot tumani hokimligining tuman hududidagi nomsiz ko‘chalarni nomlash hamda amaldagi ayrim ko‘chalarni qayta nomlash bo‘yicha takliflari kelib tushgan.

Toshkent shahar hokimligi “Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4¹-moddasiga muvofiq,  mahalliy aholining fikrini o‘rganish maqsadida poytaxt aholisini Yangihayot tumanidagi nomsiz ko‘chalarni nomlash hamda amaldagi ayrim ko‘chalarni qayta nomlash yuzasidan o‘z fikrini https://geonom.tashkent.uz  saytida ovoz berish yo‘li bilan bildirishga taklif etadi.

Shu bilan birga, aholi fikri quyidagi shakllarda ham qabul qilinadi:

Og‘zaki ravishda: +998-71-210-04-13 telefon raqamiga (ish kunlari soat 09:00-dan 17:00-gacha) murojaat qilish orqali;

Yozma: 100060, Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Islom Karimov ko‘chasi, 51-uy pochta manziliga xat yuborish orqali;

Elektron shaklda: geonom@digitaltashkent.uz  elektron pochtasiga xat yuborish yo‘li bilan.

Mahalliy aholi ovoz berish jarayonida joriy yilning 30-yanvar kunidan 13-fevral kuniga qadar qatnashishi mumkin.

Teglar:
O‘xshash yangiliklar
Toshkent shahar Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy Kengashining 1-son majlisi bo‘lib o‘tdi
03.02.2026, 17:15
Toshkent shahar Korrupsiyaga qarshi kurashish hudu...

 Majlisda korrupsiyaning oldini olish, ochiqlikni ta’minlash hamda 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar va 2026-yil...

“Tashabbusli budjet”ning 2026-yilgi 1-mavsumi boshlanmoqda
02.02.2026, 11:57
“Tashabbusli budjet”ning 2026-yilgi 1-mavsumi bosh...

Eslatib oʻtamiz, bugun, 31-yanvardan 1-fevralga oʻtar kechasi soat 00:00 dan “Tashabbuskor xalq uchun — yangi imkoniyatl...

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi huzuridagi Ijtimoiy sheriklik komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
30.01.2026, 11:33
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi huzurida...

Yig‘ilishda 2025-yil davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tegishli jamoat tashkilotlari hamda fuqarolik jamiyati ...

Saytning yangi versiyasini ishga tushirdik, eski versiyaga qaytishni istasangiz, bu yerga bosing

Eski versiya