Eski versiya
Shrift o‘lchami:
Rang sxemasi:
Tasvirlar:

Toshkent mahallalarida obodonlashtirish ishlariga start beriladi

Toshkent mahallalarida obodonlashtirish ishlariga start beriladi


Toshkent shahar hokimining qaroriga muvofiq poytaxtning turli hududlarida yangi qurilish va ta’mirlash ishlari boshlanadi. 


Maqsad — mahallalarda yashash sharoitini yaxshilash, bolalar va yoshlar uchun qulay maydonlar yaratish hamda xavfsiz va zamonaviy muhitni kengaytirish.


Qaysi hududlar ishlab olib boriladi?


Yunusobod tumani

• 7 ta MFYda ichki yo‘llar va piyodalar yo‘laklari ta’mirlanadi

•"Astrobod" va "Turkiston" MFYlarida sport maydonchalari barpo etiladi

• Bir nechta MFYda bolalar maydonchalari quriladi


Uchtepa tumani

• 109-maktab kapital ta’miri amalga oshiriladi


Mirobod tumani

• At-Termiziy MFYdagi uylar atrofini rekonstruksiya qilish va bolalar maydonchalari tashkil etiladi

• Ko‘p qavatli uylar oralig‘i obodonlashtiriladi

• "Lolazor" MFYda vorkout va futbol maydonchasi hamda intellektual rivojlanish maydonchalari quriladi


Shayxontohur tumani

• Bir nechta MFYlarda bolalar maydonchalari va mini-futbol maydonchasi yangilanadi


Mirzo Ulug‘bek tumani

• 556-DMTT va 451-DMTT bog‘chalarida ta’mirlash ishlari olib boriladi


Yashnobod tumani

• 152-maktabda VR sinf tashkil etiladi

• "Tuzel-1" va Amir Temur MFYlarda aqlli kuzatuv tizimi o‘rnatiladi


Yakkasaroy tumani

• Shota Rustaveli ko‘chasidagi 60-uy va Muqumiy ko‘chasidagi 96/6-uy hududlarida yangi o‘yingohlar barpo etiladi


Ushbu ishlar 2026 yilda bosqichma-bosqich amalga oshiriladi va har bir obyekt nazorat ostida bo‘ladi.


Batafsil ma’lumot shu yerda (https://e-qaror.gov.uz/doc/2706376)

Teglar:
O‘xshash yangiliklar
Manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish – korrupsiyaga qarshi kurashishning muhim vositasi
12.06.2026, 16:43
Manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish – korrupsi...

Manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish – korrupsiyaga qarshi kurashishning muhim vositasi Davlat fuqarolik xizmatc...

Yoshlar kuni festivali boshlandi!
12.06.2026, 09:57
Yoshlar kuni festivali boshlandi!

🎉O‘zbekiston ovozi ko‘chasida yoshlar uchun bayramona dastur, jonli konsert, milliy o‘yinlar, ijodiy maydonchalar va ko...

🚗 Sergeli avtomobil bozori: YHTEM Yangi Sergeli ko‘chasidagi yuklamani kamaytirmoqda
11.06.2026, 16:01
🚗 Sergeli avtomobil bozori: YHTEM Yangi Sergeli k...

Sergeli avtomobil bozori — poytaxtdagi eng yirik transport oqimini shakllantiruvchi hududlardan biri.Bozor sig‘imi jami ...

Nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari uchun davra suhbati bo‘lib o‘tdi
10.06.2026, 09:29
Nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari uchun d...

Toshkent shahar hokimligida “Nodavlat notijorat tashkilotlarining huquqlari va manfaatlariga daxldor bo‘lgan normativ hu...

Saytning yangi versiyasini ishga tushirdik, eski versiyaga qaytishni istasangiz, bu yerga bosing

Eski versiya