- Toshkentdan gapiramiz
- 02.12.2025, 15:29
Toshkent shahar Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Toshkent shahar Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Toshkent shahar hokimligida Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy Kengashining 5-majlisi o‘tkazildi. Unda kengash a’zolari, shahar boshqarmalari va tashkilotlar rahbarlari, shuningdek tuman hokimlari ishtirok etdi.
Majlis avvalida “Maxsustrans ICHB” DUK rahbari tizimda korrupsiyaga qarshi kurashish choralari bo‘yicha axborot berdi. Tashkilotda barcha maxsus texnikalarga videoregistratorlar o‘rnatilishi boshlanganini, yoqilg‘i quyish jarayonida inson omilidan voz kechilayotganini ta'kidladi.
Uy-joy kommunal xo‘jaligi boshqarmasi rahbari o‘rinbosari boshqarmada shaffoflikni oshirish va profilaktika tadbirlari ko‘lami haqida ma’lumot berdi. O‘tgan davrda tuzilmada 20 ta o‘rganish o‘tkazilib, 10 ta holatda korrupsiya yoki xizmat vazifasiga loqaydlik kabi kamchiliklar aniqlangan va tegishli choralar ko‘rilgan.
Uchtepa, Shayxontohur va Sergeli tuman hokimlari hokimliklarda ochiqlikni ta’minlash, korrupsiyaviy xavflarni kamaytirish va jamoatchilik bilan aloqani yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilgan amaliy ishlar bo‘yicha hisobot taqdim etishdi.
Soliq, Sog‘liqni saqlash, Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalari rahbarlari esa o‘z tizimlarida korrupsiyaga oid xavf-xatarlarni kamaytirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan ma’lumot berishdi.
Majlis davomida mavjud muammolar, ularga sabab bo‘layotgan omillar, oldini olish mexanizmlari hamda barcha sohalarda shaffoflikni kuchaytirishga qaratilgan takliflar muhokama qilindi.

🗓️ 27–28-iyun kunlari Toshkent shahrida Summer Fest 2026 yozgi festivali o‘tkaziladi.📍Tadbir Shayxontohur tumanidagi B...

Mirzo Ulug‘bek tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi hamda hamkor tashkilotlar tomonidan...

Sergeli tumanidagi avtomobil bozori yaqinida joylashgan va 12 ta avtobus yo‘nalishi o‘tadigan bekatda vorkaut maydonchas...

Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan O‘RQ–1155-son Qonun korrupsiyaga qarshi kurashish ti...