Eski versiya
Shrift o‘lchami:
Rang sxemasi:
Tasvirlar:

Hurmatli tadbirkorlar va ishbilarmonlar!

Assalomu alaykum!

Hurmatli tadbirkorlar va ishbilarmonlar!

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida mamlakatimizda tadbirkorlik subyektlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, tadbirkorlik faoliyatiga halal beradigan har qanday to‘siqlarga murosasiz munosabatda bo‘lishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar jadal sur’atlarda olib borilmoqda.

Bu borada shuni aytish joizki, tadbirkorlik obyektlarini barpo etishda, albatta, yer uchastkasini ajratish eng dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.

Prezidentimiz tomonidan 2021-yil iyun oyida imzolangan tarixiy Farmonga muvofiq, yer uchastkalarini ajratishning barcha uchun teng, shaffof va bozor tamoyillariga asoslangan tartibi joriy etildi. Xususan, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalari faqat elektron onlayn-auksion orqali ajratilishi belgilandi.

Ushbu Farmonga ko‘ra, mahalliy davlat hokimiyati organlarining (viloyat, shahar va tuman hokimlarining) yer uchastkalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ajratish, foydalanishga berish, kelgusida ajratish uchun zaxiralash, biriktirish, obodonlashtirish uchun berish bo‘yicha qaror qabul qilish vakolati 2021-yil
1-avgustdan bekor qilindi.

Bu borada amalga oshirilayotgan ishlarning barchasi, eng avvalo, xalqni rozi qilish, korrupsiyaning oldini olish, shaffoflikni ta’minlash, tadbirkorlarga qulay shart-sharoitlar yaratishga xizmat qiladi.

Shunga qaramasdan, joylarda hanuzgacha yer maydonlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ajratish, yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olib, noqonuniy qurilmalarni qurish, yengil qurilmalarni o‘rnatish, avtobus bekatlari o‘rnida hech bir ruxsatsiz savdo do‘konlarini qurish kabi salbiy holatlar ko‘plab uchramoqda. 

Ayniqsa, bunday qurilmalarning aholi yashash massivlari ichida, yo‘lning himoya hududlarida, katta bosim ostida bo‘lgan suv, gaz quvurlari o‘tkazilgan himoya hududlarida barpo etilishi holatlari aholi tinchligi va xavfsizligiga, tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini qisqa muddatlarda ta’mirlashga salbiy ta’sir qilmoqda.

So‘nggi vaqtlarda o‘zining tashkilotlardagi tanishlari orqali yer olib berishni va’da qilayotgan yoki turli soxta “qarorlarni” ko‘rsatib, kadastr hujjatini keyin hal qilib berishga ishontirib, yer sotib olishni taklif etayotgan shaxslar ko‘payib ketmoqda. Ularga ishonmang.

Albatta, turli qonunga xilof yo‘llar va hujjatlarsiz olingan yerlar noqonuniy bo‘lib, bunday yerlarga qurilgan binolar hech qanday kompensatsiya to‘lanmasdan buziladi va aybdor shaxslar tegishli jazoga tortiladi.

O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham “Barchamiz yaxshi tushunamiz, korrupsiyaga qarshi kurash jarayoni hech qachon aniq muddat bilan cheklanmaydi. Ushbu masalada faqat davlatning sa’y-harakati bilan kutilgan natijaga erishib bo‘lmaydi. Bu – butun jamiyatimizning ishi”, deya ta’kidlab, keng jamoatchilikni ushbu illatga qarshi kurashishga chaqirmoqdalar.

Shu munosabat bilan, Poytaxtimiz aholisidan o‘zlari yashayotgan hududlarda noqonuniy ravishda amalga oshirilayotgan qurilishlar va o‘rnatilayotgan qurilmalar haqida o‘z vaqtida vakolatli idoralarga xabar berishlarini, atrofdagi voqeliklarga befarq bo‘lmasliklarini iltimos qilardim.

Hurmatli tadbirkorlar va ishbilarmonlar!

Noqonuniy harakatlarga aralashib, mablag‘ingizga kuyib qolmang, aldanmang, sarmoyangizni to‘g‘ri boshqaring!

O‘z biznesingiz uchun bino yoki yer uchastkasini sotib olishdan oldin vakolatli organlarning mutaxassislari, malakali huquqshunoslar va advokatlardan maslahat olishingiz sarmoyangizni to‘g‘ri sarflanishiga xizmat qiladi!

Murojaatlar uchun ishonch raqamlari: 71-210-01-50.

Telegram bot: https://t.me/antikorrup_bot

 

 

 

Toshkent shahar

hokimi o‘rinbosari Sh.D.Raxmanov

 

 

Teglar:
O‘xshash yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon, qaror, farmoyishi va o‘tkazilgan yig‘ilish bayonlarida berilgan topshiriqlari “ijro.gov.uz” tizimida 2025 yil oktyabr oyida bajarilishi bo‘yicha maʼlumot
06.11.2025, 13:31
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon, qa...

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon, qaror, farmoyishi va o‘tkazilgan yig‘ilish bayonlarida berilgan topshiri...

“Mahallalarda qonun ustuvorligini ta’minlash hamda aholi muammolarini hal etishda samarali jamoatchilik nazoratini amalga oshirish korrupsiyaning ildiziga zarba beradi”
04.11.2025, 12:03
“Mahallalarda qonun ustuvorligini ta’minlash hamda...

“Mahallalarda qonun ustuvorligini ta’minlash hamda aholi muammolarini hal etishda samarali jamoatchilik nazoratini amalg...

TENDERDA ISHTIROK ETISHGA TAKLIF (Toshkent shahrining ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimini transformatsiya qilish)
04.11.2025, 11:32
TENDERDA ISHTIROK ETISHGA TAKLIF (Toshkent shahrin...

Loyiha nomi : Toshkent shahrining ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimini transformatsiya qilish.Tender j...

🏬Poytaxt ko‘p kvartirali uylar fondidagi yangilanishlar
03.11.2025, 10:48
🏬Poytaxt ko‘p kvartirali uylar fondidagi yangilan...

⚫️ Toshkentda 2025-yilning o'tgan davri mobaynida ko'p kvartirali uylardagi sharoitni yaxshilash, kommunal sohani mode...

Saytning yangi versiyasini ishga tushirdik, eski versiyaga qaytishni istasangiz, bu yerga bosing

Eski versiya