- Toshkentdan gapiramiz
- 23.10.2025, 17:04
Nazokat-avtomobil ustasi
Nazokat-avtomobil ustasi
Nazokat Shukurova — poytaxtdagi sanoqli ayol avtomobil ustalaridan biri. Turmush o‘rtog‘ini yo‘qotganidan so‘ng ikki yil davomida og‘ir depressiyani boshidan kechirgan bu ayol bir kuni o‘z taqdirini qo‘liga oldi. Orzularini qog‘ozda emas, hayotda ro‘yobga chiqarishga bel bog‘ladi.
Mahalla ko‘magi, “Ayollar daftari”, imtiyozlar va, eng muhimi, o‘z kuchiga ishonchi tufayli u avtoxizmat markazi ochish orzusini amalga oshirmoqda.
Bugun Nazokat nafaqat avtomobil tuzatmoqda, balki shogirdlarga ustozlik qilayotgan inson sifatida ham tanilmoqda. Uning orzusidagi avtoustaxona hozircha qurilyapti. Ammo u bu joyni faqat servis emas — ayollar uchun yangi imkoniyatlar markaziga aylantirish niyatida.
Kuchli ayolning haqiqiy hayot hikoyasini tomosha qiling.

Bir kelib-keting, Toshkentimizga!

Bir guruh tibbiyot xodimlari taqdirlandiToshkent shahar hokimligida Prezidentimiz tomonidan taqdirlangan 24 nafar tibbiy...

📍Ma’lumki, sovuq tushishi bilan Toshkentda havo sifati sezilarli darajada yomonlashadi. Bu asosan Toshkent shahri va ...

Assalomu alaykum!Hurmatli tadbirkorlar va ishbilarmonlar! O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida mamlakat...