Eski versiya
Shrift o‘lchami:
Rang sxemasi:
Tasvirlar:

Toshkent shahar hokimligi barchangizni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan samimiy muborakbod etadi!

Aziz yurtdoshlar!


Toshkent shahar hokimligi barchangizni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan samimiy muborakbod etadi! 


🇺🇿Mustaqillik — xalqimiz tarixidagi eng yorqin sahifa, eng buyuk ne’matdir. 34 yil oldin qo‘lga kiritilgan ozodlik tufayli milliy davlatchiligimiz tiklandi, xalqimiz o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqiga ega bo‘ldi. Bu yillar davomida yurtimizda tinchlik va barqarorlik qaror topdi, jamiyatimiz hayotining barcha sohalarida salmoqli ishlar amalga oshirildi.


Mustaqillik yillarida, ayniqsa, Yangi O'zbekistonda poytaxtimiz Toshkent yangi qiyofa kasb etib, zamonaviy infratuzilma, obodlik va bunyodkorlik ishlari natijasida mintaqaning eng yirik va go‘zal shaharlaridan biriga aylandi. 


Bugun muhtaram Prezidentimiz boshchiligida amalga oshirilayotgan islohotlar tufayli Vatanimiz, xususan, poytaxtimiz Toshkent shahrida taraqqiyot va yangilanish jarayonlari izchil davom ettirilib, shahrimiz yanada gurkirab rivojlanmoqda. Bu yo‘lda mehnat qilayotgan fidoyi yurtdoshlarimizning sa’y-harakatlari, mehnatlari ham alohida e'tirofga loyiq. 


Shu ulug‘ kunda Toshkent shahar hokimligi Vatan ravnaqi va xalq farovonligi yo‘lida o‘z mehnatini ayamagan barcha yurtdoshlarimizga chuqur minnatdorlik bildiradi.


Mustaqillik bayrami barchamizga yangidan-yangi g‘alabalar va ulkan marralar sari yo‘l ochsin! Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin! 


Hurmat bilan, Toshkent shahar hokimligi


Teglar:
O‘xshash yangiliklar
Yakkasaroy tumanida ijtimoiy infratuzilmani yangilash va aholi farovonligini oshirishga qaratilgan ishlar izchil davom etmoqda. Shu doirada tuman hokimi Nilufar Allabergenova 357-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti hududida bo‘ldi.
30.04.2026, 10:53
Yakkasaroy tumanida ijtimoiy infratuzilmani yangil...

💠 1964-yilda barpo etilgan, yarim asrdan ziyod vaqt davomida xizmat qilib kelgan ushbu bog‘cha bugungi kun talablariga ...

Maxtumquli ko‘chasi: murakkab tirbandliklardan muhandislik yechimlari sari ⚡️
30.04.2026, 10:30
Maxtumquli ko‘chasi: murakkab tirbandliklardan muh...

Maxtumquli ko‘chasi — bu qayta ko‘rib chiqishni talab qiladigan ulkan transport oqimidir. Biz amalga oshirgan yechimlar ...

TTZ-2 mavzesida yangi bekat: kenglik, qulaylik va e’tibor markazidagi detallar 🚌
29.04.2026, 14:44
TTZ-2 mavzesida yangi bekat: kenglik, qulaylik va ...

TTZ-2 mavzesida kengaytirilgan perronga ega yangi bekat ish boshlamoqda. Endilikda bu yerda hatto tig‘iz vaqtlarda ham k...

🏆 Toshkentda “Ayollar sport olimpiadasi”ning shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi
29.04.2026, 10:38
🏆 Toshkentda “Ayollar sport olimpiadasi”ning shah...

🏆Toshkent shahrida xotin-qizlarni ommaviy sportga keng jalb etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda ularnin...

Saytning yangi versiyasini ishga tushirdik, eski versiyaga qaytishni istasangiz, bu yerga bosing

Eski versiya