Eski versiya
Shrift o‘lchami:
Rang sxemasi:
Tasvirlar:

RASMIY MUNOSABAT

RASMIY MUNOSABAT


17-aprel kuni Yashnobod tumani hokimligi, Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi masalalari bo‘yicha bosh boshqarma rahbari hamda Toshkent Botanika bog‘i dendrologi Atirgul Xolmirzayeva bilan birgalikda Sodiq Azimov ko‘chasidagi daraxtlardan biri - oddiy eman (Quercus robur L.) tekshirildi.


Tahlil jarayonida mutaxassislar ko‘p yillik daraxtning holatini har tomonlama o‘rgandilar. Natijada, biologik va jismoniy eskirishning aniq belgilari aniqlandi: daraxt shox-shabbasi sanitar kesish o‘tkazilganiga qaramay, inshoot tomi tomonga xavfli darajada egilgan, yuqori shoxlar elektr uzatish liniyasining ishlashiga xavf tug‘dirishda davom etmoqda, shox-shabbaning katta qismi qurib qolgan, tanasida kovaklar, yoriqlar va zararkunandalar keltirib chiqargan jiddiy shikastlanishlar mavjud.


Fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga haqiqiy xavfni, shuningdek, noqulay ob-havo sharoitida mol-mulkka zarar yetkazish ehtimolini hisobga olgan holda, ekspert xulosasi asosida avariya holatidagi daraxtni sanitar kesish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.


Kompensatsiya tadbirlari doirasida ushbu hududga yoshi kamida besh yil bo‘lgan 10 tup eman ko‘chati ekilmoqda. Bu ekologik muvozanatni saqlash va shahar muhitini ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha rejali ishlarni davom ettirish imkonini beradi.


Toshkent shahar va tumanlar hokimliklari atrof-muhitni muhofaza qilish hamda poytaxt aholisining xavfsizligi va farovonligini ta’minlash ustuvor bo‘lgan barqaror rivojlanish siyosatini izchil ravishda amalga oshirmoqda.

Teglar:
O‘xshash yangiliklar
Toshkentda ilk “sport” bekati paydo bo‘ldi
25.06.2026, 10:47
Toshkentda ilk “sport” bekati paydo bo‘ldi

Sergeli tumanidagi avtomobil bozori yaqinida joylashgan va 12 ta avtobus yo‘nalishi o‘tadigan bekatda vorkaut maydonchas...

Korrupsiyaga qarshi kurashish: yangi qonun – yangi mexanizmlar
24.06.2026, 17:32
Korrupsiyaga qarshi kurashish: yangi qonun – yangi...

Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan O‘RQ–1155-son Qonun korrupsiyaga qarshi kurashish ti...

Ko‘p kvartirali uylarda yashovchilar umumiy foydalanishdagi joylar, uyga tutash hudud, muhandislik tarmoqlari hamda umumiy mol-mulkdan foydalanishda belgilangan tartib-qoidalarga rioya qilishi shart.
23.06.2026, 10:38
Ko‘p kvartirali uylarda yashovchilar umumiy foydal...

Umumiy joylarni ifloslantirish, ularga zarar yetkazish, o‘zboshimchalik bilan qurilish yoki o‘zgartirish ishlarini amalg...

Toshkentda jamoat transporti ustuvorligi kuchaymoqda: “A” yo‘laklariga deliniatorlar o‘rnatilmoqda
22.06.2026, 15:27
Toshkentda jamoat transporti ustuvorligi kuchaymoq...

Toshkentda avtobuslar harakati uchun “A” toifasidagi alohida yo‘laklarni bosqichma-bosqich joriy etish ishlari davom etm...

Saytning yangi versiyasini ishga tushirdik, eski versiyaga qaytishni istasangiz, bu yerga bosing

Eski versiya