- Toshkentdan gapiramiz
- 21.05.2025, 14:54
Toshkent shahar hokimligida Shota Rustaveli ko‘chasini kompleks qayta qurish loyihasiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Toshkent shahar hokimligida Shota Rustaveli ko‘chasini kompleks qayta qurish loyihasiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Unda "Toshkent Invest" kompaniyasi, Toshkent shahar Transport boshqarmasi, Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi va China State Construction Engineering Corporation (XXR) vakillari, shuningdek, jurnalistlar va blogerlar ishtirok etdi.
Anjuman davomida Shota Rustaveli ko‘chasining 6.5 km uzunlikdagi transport infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha amalga oshiriladigan loyihalar muhokama qilindi. Jumladan, yangi avtobus yo‘lagini qurish, bekatlarni o‘rnatish va yo‘l bo‘yida to‘xtash joylarini tashkil etish kabi loyihalar haqida ma'lumot berildi.
Loyiha doirasida yo‘l tarmog‘ini modernizatsiya qilish, harakatlanish xavfsizligini oshirish va haydovchilar hamda piyodalar uchun qulayliklarni yaxshilash tashabbuslari namoyish etildi. Jurnalistlar va blogerlardan kelib tushgan savollarga atroflicha javob berildi.
Anjumanda ishtirok etish imkoniga ega bo‘lmagan kuzatuvchilar uchun Instagram tarmog‘i orqali onlayn translyatsiya tashkil etildi.
💠 1964-yilda barpo etilgan, yarim asrdan ziyod vaqt davomida xizmat qilib kelgan ushbu bog‘cha bugungi kun talablariga ...
Maxtumquli ko‘chasi — bu qayta ko‘rib chiqishni talab qiladigan ulkan transport oqimidir. Biz amalga oshirgan yechimlar ...

TTZ-2 mavzesida kengaytirilgan perronga ega yangi bekat ish boshlamoqda. Endilikda bu yerda hatto tig‘iz vaqtlarda ham k...
🏆Toshkent shahrida xotin-qizlarni ommaviy sportga keng jalb etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda ularnin...