- Toshkentdan gapiramiz
- 14.05.2025, 18:26
Toshkentda Namangan viloyati xalq deputatlari Kengashi a’zolarining tashrifi bo'lib o'tmoqda
Toshkentda Namangan viloyati xalq deputatlari Kengashi a’zolarining tashrifi bo'lib o'tmoqda
Tashrif dasturi hududlararo hamkorlikni mustahkamlash hamda qonunchilik va vakillik faoliyati sohasida tajriba almashishga qaratilgan.
Dastlab mehmonlar Toshkent shahar hokimligida qabul qilinib, shahar rahbariyati vakillari bilan uchrashuvda bo‘ldilar.
So‘ngra deputatlar Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashi kotibiyati faoliyati bilan tanishib, toshkentlik hamkasblari bilan davra suhbatida ishtirok etishdi. Suhbat davomida mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish va aholi bilan muloqotning dolzarb masalalari muhokama etildi.
Shuningdek delegatsiyaga hokimlik qoshidagi Raqamli rivojlanish departamenti tomonidan amalga oshirilayotgan poytaxtni raqamlashtirish dasturi taqdim qilindi.
Bundan tashqari mehmonlar O‘zbek Milliy akademik drama teatriga tashrif buyurib, "Er-xotin urushi" spektaklining premyerasini tomosha qilishdi.
Tashrifning birinchi kuni yakunida Yunusobod tumanidagi Shahidlar xotirasi muzeyiga sayohat uyushtirildi.
Tashrif ochiq muloqot va o‘zaro hurmat ruhida kechmoqda, bu esa samarali hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

📈 Shu munosabat bilan tadbir doirasida Ichki ishlar vaziri tomonidan tumanda ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan is...

Poytaxt hokimi Chilonzor tumanidagi “Botirma” MFY hamda Al-Xorazmiy ko‘chasida tashkil etilgan 24/7 gastronomik maskanda...

Chilonzor tumanida Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzakov ishtirokida “Aqlli tuman” platformasi asosida faoliyat yurit...
📍Bektemir tumanida zamonaviy maktab qurilishi qizg‘in davom etmoqda. Qurilish ishlari 2026-yil aprel oyida boshlangan b...