- Toshkentdan gapiramiz
- 13.05.2025, 17:35
Korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuviga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish
Korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuviga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Toshkent shahar hududiy boshqarmasida Toshkent shahar hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining Toshkent shahar filiali va Toshkent shahar Adliya boshqarmasi bilan hamkorlikda korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuvi holatlarini oldini olishga qaratilgan “Huquqiy bilimlar kuni” seminari o‘tkazildi.
Seminarda Toshkent shahar hokimligi Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘limi mas’ul xodimi A.Norqulov, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining Toshkent shahar filiali mas’ul xodimi U.Abdukarimov hamda Toshkent shahar Adliya boshqarmasi mas’ul xodimi Z.Toshtemirov hamda boshqarma xodimlari ishtirok etishdi.
Seminar davomida O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi, “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi, “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonunlari, Vazirlar Mahkamasining “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 595-son qarori mazmun-mohiyati seminar ishtirokchilarga tushuntirilib, korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuvi holatlarini oldini olish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.
Seminar so‘ngida davlat fuqarolik xizmatchilari faoliyatida korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuvi kabi salbiy holatlarni oldini olish yuzasidan takliflar berildi.

Toshkent shahar hokimligida poytaxt Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi hamda tuman bo‘limlarida korrupsiyaga qarshi ...

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan mamlakatimiz bo‘ylab bayram tadbirlari yuqori saviyada o‘tkazilmo...

Toshkent shahar hokimligi shahar va tuman hokimliklari, shahar boshqarmalari hamda ularga qarashli bo‘linmalarning ish v...

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-dekabrdagi “Hududlarda yuqori iqtisodiy o‘sish va aholi bandligini t...