- Toshkentdan gapiramiz
- 05.05.2025, 11:41
Hurmatli Toshkent shahri aholisi!
Hurmatli Toshkent shahri aholisi!
Ma’lum qilamizki, “Yunusobod” bozori hududining bir qismida rekonstruksiya ishlari boshlangan. Asosiy maqsad — tadbirkorlar hamda bozor tashrif buyuruvchilari uchun qulaylik, tartib va xavfsizlikni oshirishdan iborat.
Avval ushbu hududda 180 ta avtomobil uchun to‘xtash joylari mavjud edi. Ishlar olib borilayotgan davrda Ahmad Donish ko‘chasi bo‘ylab, jumladan yo'l o'tkazgich ostida, 350 ga yaqin to‘xtash joyi tashkil etildi. Bu tashrif buyuruvchilar uchun bozorga kirish imkoniyatini saqlab qoladi.
Alohida ta’kidlaymizki, ilgari avtoturargohda avtomobillardan tartibsiz savdo amalga oshirilgan bo‘lib, bu tartib va o‘tish yo‘llariga salbiy ta’sir ko‘rsatgan. Endilikda bu holat tartibga solinmoqda — avtomobillardan savdo qilgan shaxslar 50 metr ichkariga, maxsus tashkil etilgan hududga ko‘chirilmoqda. Bu yerda ular savdo qilishi uchun yanada qulay va xavfsiz sharoitlar yaratilgan.
Barchа tadbirlar bozor hududidagi sanitariya holatini yaxshilashga, xavfsizlikni oshirishga, qulaylik va tartibni ta’minlashga qaratilgan. Shuningdek, raqamlashtirish tizimini joriy etish orqali soliq to‘lovlarining shaffofligini ta’minlashga hamda yashirin iqtisodiyot ta’sirini kamaytirishga qaratilgan.
Tushunganingiz va qo'llab-quvvatlovingiz uchun rahmat!

Manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish – korrupsiyaga qarshi kurashishning muhim vositasi Davlat fuqarolik xizmatc...

🎉O‘zbekiston ovozi ko‘chasida yoshlar uchun bayramona dastur, jonli konsert, milliy o‘yinlar, ijodiy maydonchalar va ko...
Sergeli avtomobil bozori — poytaxtdagi eng yirik transport oqimini shakllantiruvchi hududlardan biri.Bozor sig‘imi jami ...

Toshkent shahar hokimligida “Nodavlat notijorat tashkilotlarining huquqlari va manfaatlariga daxldor bo‘lgan normativ hu...