Eski versiya
Shrift o‘lchami:
Rang sxemasi:
Tasvirlar:

Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzakov boshchiligidagi poytaxt delegatsiyasi qurilish, turizm, sanoat, xizmat ko‘rsatish va ijtimoiy obyektlarni boshqarish sohalarida faoliyat yurituvchi Xitoyning 20 dan ortiq yirik kompaniyasi rahbarlari ishtirokida biznes-forum o‘tkazdi.

📈Tadbir davomida Xitoy kompaniyalari o‘z portfoliolarini taqdim etib, infratuzilma qurilishi, sanoat ishlab chiqarishi, turizm sohasini rivojlantirish, shuningdek, zamonaviy ijtimoiy obyektlarni boshqarish borasidagi xalqaro loyihalari va ish tajribalari xususida so‘zlab berdilar.

🧠 Forum qatnashchilari uchun Toshkent shahrining investitsiyaviy salohiyati, istiqbolli infratuzilmaviy va sarmoyaviy loyihalar, shuningdek, turizm hamda shahar muhitini kompleks rivojlantirishga oid loyihalar taqdimoti tashkil etildi. Hokimlik vakillari ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasida xorijiy investorlar uchun amaldagi imtiyozlar, preferensiyalar va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash choralari to‘g‘risida batafsil ma’lumot berdi.

🔺Rasmiy qismdan so‘ng forum interaktiv formatda davom etdi. Xitoy biznesi vakillari loyihalarni amalga oshirish, muhandislik infratuzilmasiga ulanish, yer uchastkalarini olish, davlat-xususiy sheriklik mexanizmlari va kelgusidagi hamkorlikni tashkil etish yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berish imkoniga ega bo‘ldilar. Barcha savollarga hokimlik va tegishli tashkilotlar vakillari tomonidan batafsil tushuntirish berildi.

🇺🇿Shahar hokimi Shavkat Umurzoqov loyihalarni batafsil ishlab chiqish va tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash uchun har bir manfaatdor kompaniya bo‘yicha alohida ishchi guruhlar tuzilishini qayd etdi. Shuningdek, tezkor hamkorlikni ta’minlash va qo‘shma loyihalarni ilgari surish maqsadida Xitoy kompaniyalari hamda Toshkent shahrining tegishli tuzilmalari vakillari ishtirokida doimiy asosda videokonferensiyalar va ishchi muzokaralar o‘tkazib borilishi ta’kidlandi.



➡️Ushbu biznes-forumning o‘tkazilishi Toshkent shahri va Xitoy Xalq Respublikasi ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni mustahkamlash yo‘lidagi navbatdagi qadam bo‘ldi.

Teglar:
O‘xshash yangiliklar
Bugun Toshkent shahar Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.
26.05.2026, 10:16
Bugun Toshkent shahar Korrupsiyaga qarshi kurashis...

Unda Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi Eshmuratov Abdulxakim...

🔔Toshkent maktablarida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari bo‘lib o‘tdi
25.05.2026, 15:05
🔔Toshkent maktablarida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbi...

🔔 Bugun yurtimizning barcha maktablarida, xususan, Toshkent shahridagi umumta’lim maktablarida ham “So‘nggi qo‘ng‘iroq”...

Hurmatli fuqarolar!
25.05.2026, 14:56
Hurmatli fuqarolar!

Mirzo Ulug‘bek hamda Yakkasaroy tumanlaridagi ayrim mavze va ko‘chalarni nomlash va qayta nomlash taklif etilmoqda.Geogr...

Xitoy Xalq Respublikasiga rasmiy tashrif doirasida Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzakov boshchiligidagi shahar hokimligi delegatsiyasi “China Railway Construction Corporation” kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi.
25.05.2026, 11:40
Xitoy Xalq Respublikasiga rasmiy tashrif doirasida...

📈Muzokaralar davomida tomonlar Toshkent shahrini kompleks renovatsiya qilish, shahar infratuzilmasini modernizatsiyalas...

Saytning yangi versiyasini ishga tushirdik, eski versiyaga qaytishni istasangiz, bu yerga bosing

Eski versiya