Toshkent shahar hokimiyati rasmiy sayti
Shrift o‘lchami:
Rang sxemasi:
Tasvirlar:

Olmazor tumani ko‘chalari nomini o‘zgartirish bo‘yicha jamoatchilik ovoz berishi

Hurmatli fuqarolar!

 

Olmazor tumanidagi nomsiz ko‘chalarni nomlash hamda amaldagi nomi takror ko‘chalarni qayta nomlash uchun ovoz berishda ishtirok eting!

 

Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari bo‘yicha Toshkent shahar komissiyasiga Olmazor tumani hokimligining tuman hududidagi nomsiz ko‘chalarni nomlash hamda amaldagi ayrim ko‘chalarni qayta nomlash bo‘yicha takliflari kelib tushgan.

 

Toshkent shahar hokimligi “Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4-1-moddasiga muvofiq, mahalliy aholining fikrini o‘rganish maqsadida poytaxt aholisini Olmazor tumanidagi nomsiz ko‘chalarni nomlash hamda amaldagi ayrim ko‘chalarni qayta nomlash yuzasidan o‘z fikrini https://geonom.tashkent.uz saytida ovoz berish yo‘li bilan bildirishga taklif etadi.

 

Shu bilan birga, aholi fikri quyidagi shakllarda ham qabul qilinadi:

 

Og‘zaki ravishda: +998-71-210-04-13 telefon raqamiga (ish kunlari soat 09:00-dan 17:00-gacha) murojaat qilish orqali;

 

Yozma: 100060, Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Islom Karimov ko‘chasi, 51-uy pochta manziliga xat yuborish orqali;

 

Elektron shaklda: geonom@digitaltashkent.uz  elektron pochtasiga xat yuborish yo‘li bilan.

 

Mahalliy aholi ovoz berish jarayonida joriy yilning 21-aprel kunidan 5-may kuniga qadar qatnashishi mumkin.

Teglar:
O‘xshash yangiliklar
Kalitlar topshirildi: yangi yo‘l texnikalari tumanlar ixtiyoriga berildi
25.08.2026, 10:06
Kalitlar topshirildi: yangi yo‘l texnikalari tuman...

Poytaxt tumanlariga 24 ta yangi yo‘l texnikasini tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.Toshkentning barcha 12 ta tu...

Toshkentda “yashil to‘lqin” tizimining navbatdagi yo‘nalishi ishga tushirildi
24.08.2026, 16:18
Toshkentda “yashil to‘lqin” tizimining navbatdagi ...

Poytaxt ko‘chalarida bosqichma-bosqich joriy etilayotgan “yashil to‘lqin” tizimining yana bir yo‘nalishi Shota Rustaveli...

Toshkent shahar hokimligida Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashining 5-son yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
24.08.2026, 11:56
Toshkent shahar hokimligida Korrupsiyaga qarshi ku...

Yig‘ilishda Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi, Kanallardan foydalanish va ularga tutash hududlarni ...

Aholi murojaatlari — e’tibor markazida
24.08.2026, 09:36
Aholi murojaatlari — e’tibor markazida

Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Raxmonov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshkent shahr...