- Toshkentdan gapiramiz
- 16.04.2025, 10:19
2025-yil 6-martdagi PQ-93-sonli qaroriga asosan, Sirdaryo viloyatida ishbilarmonlik muhiti va infratuzilmani yaxshilashga oid chora-tadbirlar belgilandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 6-martdagi PQ-93-sonli qaroriga asosan, Sirdaryo viloyatida ishbilarmonlik muhiti, infratuzilma va aholi turmush darajasini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori qabul qilingan.
Mazkur qaror bilan, viloyatining “o‘sish nuqtalari”, potensial imkoniyatlari va investitsion jozibadorligini mahalliy investorlarga yetkazish bo‘yicha respublikaning barcha hududlarida grafik asosida piar kampaniyalari tashkil etish topshirig‘i berilgan.
Shu bilan birga, tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida viloyatning 8 ta tuman va shaharlarida “Maxsus sanoat zonalari” tashkil etilgan bo‘lib, ushbu zonalardan amalga oshirilishi taklif etilayotgan loyiha takliflari ishlab chiqildi.
2025-yilda 113 ta loyihalarda 2,0 mlrd dollar xorijiy investitsiyalarni o‘zlashtiriladi (shundan, manzilli loyihalarda 903 mln, istiqbolli loyihalarda 1,1 mlrd);
Qiymati 762,2 mln dollarlik 705 ta yirik, o‘rta va kichik loyihalar ishga tushiriladi hamda 19,1 mingta yangi ish o‘rinlari tashkil etiladi (o‘sish 110 foiz). Xususan:
– sanoatda 410,8 mln dollarlik 195 ta loyihada 10 558 ta ish o‘rinlari;
– xizmat ko‘rsatishda 274,3 mln dollarlik 437 ta loyihada 6 416 ta ish o‘rinlari;
– qishloq xo‘jaligida 77,0 mln dollarlik 73 ta loyihada 2 133 ta ish o‘rinlari.
Joriy yil yakuniga qadar 451 mln dollarlik mahsulotlar eksportga chiqariladi. Misol uchun:
– 391 mln dollarlik sanoat mahsulotlari (o‘sish 116 foiz);
– 60 mln dollarlik meva-sabzavot mahsulotlari (o‘sish 171 foiz).
Viloyatda 3 ta Erkin iqtisodiy zonalar mavjud bo‘lib, 558,6 mln dollarlik 49 ta loyihalar joylashtirilgan. Shundan:
– 339,7 mln dollarlik 27 ta loyihalar ishga tushirilib, 4 305 ta ish o‘rinlari yaratilgan;
– 218,9 mln dollarlik 22 ta loyihalarda qurilish-montaj ishlar olib borilmoqda.
Yil yakuniga qadar 3,2 trln so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilishi hamda 110 mln dollarlik mahsulotlar eksportga chiqarilishi ko‘zda tutilgan.
Hududni infratuzilma bilan ta’minlash uchun Respublika byudjeti mablag‘lari hisobidan 41,1 mlrd so‘m mablag‘ ajratilgan.
Mazkur mablag‘lar hisobiga 6,9 km avtomobil yo‘li, 1 ta ko‘prik, 2,7 km suv tarmog‘i, 2 ta suv inshooti, 27 km havo elektr tarmog‘i, 2 ta 40 000 MVa podstansiya va 12 km tabiiy gaz tarmog‘i tortish ishlari bajarilishi rejalashtirilgan.

Toshkentda Respublika Tarmoqlararo Sanoat yarmarkasi bo’lib o’tadi.