- Toshkentdan gapiramiz
- 15.04.2025, 16:50
O‘zbekiston delegatsiyasi Nyu-York shahrida BMT Bosh kotibining o‘rinbosari bilan uchrashdi
O‘zbekiston delegatsiyasi Nyu-York shahrida BMT Bosh kotibining o‘rinbosari bilan uchrashdi
BMTning Yoshlar forumi(ECOSOC) doirasida AQShda bo'lib turgan — tarkibida Toshkent shahar hokimi o'rinbosari Durdona Rahimova ishtirok etayotgan O'zbekiston delegatsiyasi BMT Bosh kotibining o‘rinbosari, Dengiz imkoniyati cheklangan davlatlar bo‘yicha Oliy vakil Fatima Rabab bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Delegatsiya muloqot davomida O‘zbekiston va BMT o‘rtasidagi hamkorlik, Toshkent shahrida BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) hamkorligida tashkil etilgan xalqaro forumning ahamiyati muhokama qilindi.
Xususan, Turkmanistonda o‘tkazilishi rejalashtirilgan “Dengizga chiqish imkoniyati cheklangan rivojlanayotgan davlatlarning 3-Konferensiyasi” doirasida yoshlar forumini tashkil etish va 2025-yil may oyida o'tkazilishi rejalashtirilgan Raqamli yashil tashabbuslar Global yoshlar forumida Fatima Rababning ishtiroki yuzasidan kelishuvga erishildi.

Biz korrupsiyaga qarshimiz!Agar siz Toshkent shahar hokimligi, uning bo‘ysunuvidagi tashkilot va idoralar hamda tuman ho...

Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasi — Toshkentda!Respublikaning 12 ta viloyati hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi...

Toshkent mahallalarida obodonlashtirish ishlariga start beriladiToshkent shahar hokimining qaroriga muvofiq poytaxtning ...

Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzakov boshchiligidagi ishchi guruh Bektemir tumanida bo‘ldiToshkent shahar soliq bosh...