Eski versiya
Shrift o‘lchami:
Rang sxemasi:
Tasvirlar:

KORRUPSIYA JAMIYATDAGI IJTIMOIY ILLAT

KORRUPSIYA JAMIYATDAGI IJTIMOIY ILLAT

 

Butun dunyoda asosan korrupsiyaning tabiati va mohiyati salbiy ijtimoiy hodisa sifatida tahlil qilinadi. Korrupsiya – bu shaxsning mansab vakolatidan har qanday ko‘rinishda qonunga hilof ravishda foydalanishi.  Korrupsiyaga oid huquqiy ong aholining huquqiy savodxonlik va turmush darajasining pastligi natijasida shakllanadi. Bundan tashqari, jamiyatimizdagi mavjud poraxo‘rlik davlat tashkilotlarining zaifligini anglatadi. Jamiyat va davlat hayotining muhim masalalarini hal etishda jamoatchilik nazoratini to‘liq amalga oshirish davlatning korrupsiyaga qarshi kurashdagi asosiy siyosatlaridan biridir.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2025 yil 5 mart kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining kengaytirilgan yig‘ilishidagi nutqida “Korrupsiyaga qarshi kurashda barchamiz yagona kuch bo‘lib harakat qilsak, albatta, yana-da katta ijobiy samaraga erishamiz. Shu bois, mahalla faollari, nuroniylar,  ziyolilar, yozuvchi va shoirlar, sanʼat va madaniyat xodimlari, tadbirkorlar, taniqli shaxslar, rahbarlar, deputat va senatorlar – umuman butun jamoatchilik birlashib, korrupsiyaga “jamiyat tanasidagi saraton” sifatida qarashi kerak” deb taʼkidlab o‘tgan edi.

Korrupsiya – universal hodisa, bo‘lib, huquqiy jamiyat qurish, investitsiyalarni jalb qilish va aholining, ayniqsa, uning kambag‘al qatlamlarining farovonligini oshirish borasidagi barcha harakatlarni yo‘qqa chiqaradi.

Korrupsiya – ijtimoiy munosabatlar rivojiga salbiy taʼsir ko‘rsatuvchi, shuningdek, jamiyatning iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlanishini sezilarli darajada murakkablashtiradigan, boshqaruvda kichik guruhlarning shaxsiy manfaatlari ko‘pchilikdan ustun bo‘lishini  taʼminlovchi tizimli xarakterdagi eng buzg‘unchi omil bo‘lgan institutsional xavfli hodisadir. Shuni taʼkidlash zarurki, olib borilayotgan  turli xil tushuntirish ishlariga va qo‘llanilayotgan jazo choralariga qaramay, korrupsiya ijtimoiy hodisa sifatida saqlanib qolmoqda va ijtimoiy hayotning yangi sohalariga kirib kelmoqda.

Korrupsiya jamiyatdagi oddiy hodisa emas, u butun jahon hamjamiyatiga, xususan, bizning mamlakatimizga haqiqiy tahdiddir. Hozirgi kunda bu illat har qanday jamiyatning asosiy sotsiologik muammolardan biri hisoblanadi. Ko‘rinib turibdiki bunday zararli hodisa barcha davlatlarda uchraydi, lekin, ayniqsa, rivojlanayotgan mamlakatlarga katta iqtisodiy zarar yetkazadi. Korrupsiya aynan ijtimoiy muhtoj oilalarga nomutanosib darajada katta zarar yetkazib, ularda davlat hokimiyatiga nisbatan ishonchsizlik paydo qiladi. Bu o‘z navbatida, tengsizlik va ijtimoiy adolatsizlikni shakllantiradi hamda xorijiy investitsiyalar oqimlarining kirib kelishiga suʼniy to‘sqinlik qiladi.

Darhaqiqat, agar korrupsiya sof iqtisodiy hodisa bo‘lganida edi, dunyoning eng rivojlangan mamlakatlari bu illatdan butkul holi bo‘lardi. Vaholanki, jahonning yetakchi ilmiy tadqiqot markazlari hamda Jahon banki maʼlumotlariga qaraganda, korrupsiya darajasi eng rivojlangan mamlatatlarda ham yuqori bo‘lib qolmoqda.

Prezidentimiz taʼkidlaganidek “Islohotlar yo‘lidagi eng katta to‘siq va g‘ov – bu korrupsiyadir. Buni dunyo tajribasi ham to‘liq tasdiqlaydi. Korrupsiya oqibatida jahon iqtisodiyoti yiliga 3 trillion dollar zarar ko‘rayotgani bu global xavf ekanidan dalolat beradi”. Jahon iqtisodiyoti aynan korrupsiya tufayli shuncha mablag‘ yo‘qotayotgani, jamiyat taraqqiyotining eng xavfli kushandasiga aylangan bu illatga qarshi faqat birgalikda kurash olib borishgina kutilgan samara beradi.

Korrupsiya jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy sohalariga o‘zining salbiy taʼsirini ko‘rsatadi. Jamiyatdagi eng katta xavf davlat fuqoralik xizmatchilarining jinoiy guruhlar bilan til biriktirishi, shuningdek, turli darajadagi davlat tuzilmalariga jinoiy elementlarning kirib kelishi bilan bog‘liq. Ushbu ijtimoiy hodisa keltirib chiqaradigan salbiy oqibatlar nafaqat jamiyatning rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi, balki davlatning milliy xavfsizligiga ham jiddiy tahdid soladi.

Bugungi kunda korrupsiyaning quyidagi sabablarini uchratishimiz mumkin, xususan:

- iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishini sekinlashtiradigan byurokratik to‘siqlarning mavjudligi;

- davlat idoralarida shaffoflikning to‘liq yo‘lga qo‘yilmaganligi;

- kadrlar siyosatining zaifligi;

- takrorlanadigan lavozimlarning mavjudligi;

- davlat idoralaridagi nepotizmning rivojlanishi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6098-son Farmoniga asosan mamlakatimizda yashirin iqtisodiyot darajasini pasaytirish, soliq qonunchiligi talablariga rioya qilish tartib-taomillarini avtomatlashtirish va uning tartibini soddalashtirish normalari tatbiq etilishi hamda yashirin iqtisodiyotni qisqartirish bo‘yicha maxsus komissiya tuzilishi, unga qarshi kurashish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqishi va amalga oshirishi belgilandi.

Prezentimizning “Korrupsiya shunday yovuz illatki, u xalqning davlatga, Konstitutsiya va qonunlarga ishonchiga putur yetkazadi, barqaror rivojlanish va xavfsizlik uchun jiddiy tahdidga aylanadi” degan iboralaridan kelib chiqib, korrupsiyaga qarshi samarali kurashish uchun korrupsiyani qo‘llab-quvvatlovchi ayrim davlat organlarini qisqartirish yoki hususiy sektorga o‘tkazish, davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini yana-da takomillashtirish, barcha davlat organlarida jamoatchilik nazoratini o‘rnatish, davlat tashkilotlarning fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorligini kuchaytirish, jamiyatda korrupsiyaning barcha ko‘rinishlariga nisbatan salbiy munosabatni shakllantirish, davlat organlari faoliyatining shaffofligini to‘liq taʼminlash, aholining huquqiy madaniyati darajasini oshirish, ommaviy axborot vositalarining huquqlarini himoya qilish tizimini takomillashtirib, ularning professional faoliyatiga to‘sqinlik qilganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish zarur.

Shuhrat Turdikulov Xudoykulovich,  

Toshkent shahar hokimligi Korrupsiyaga

qarshi ichki nazorat guruh rahbari,

sotsiologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Teglar:
O‘xshash yangiliklar
09.11.2019, 12:28

14.11.2019, 11:21

24.01.2022, 18:07

21.11.2023, 17:45
Toshkentda Respublika Tarmoqlararo Sanoat yarmarka...

Toshkentda Respublika Tarmoqlararo Sanoat yarmarkasi bo’lib o’tadi.

Saytning yangi versiyasini ishga tushirdik, eski versiyaga qaytishni istasangiz, bu yerga bosing

Eski versiya