- Toshkentdan gapiramiz
- 06.02.2025, 15:48
Toshkent shahar hokimligida poytaxt hokimi Shavkat Umurzakov Saudiya Arabistoni Podshohligining Favqulodda va muxtor elchisi Yusuf bin Solih al-Qahra al-Utaybiy bilan rasmiy uchrashuvni o‘tkazdi
Toshkent shahar hokimligida poytaxt hokimi Shavkat Umurzakov Saudiya Arabistoni Podshohligining Favqulodda va muxtor elchisi Yusuf bin Solih al-Qahra al-Utaybiy bilan rasmiy uchrashuvni o‘tkazdi.
Sh. Umurzakov tashrif uchun minnatdorchilik bildirdi va davlatimiz rahbarining tashabbuslari tufayli O‘zbekistonda, ayniqsa Toshkent shahrida ham mahalliy, ham xorijiy kompaniyalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlaydigan qulay investitsiya va tadbirkorlik muhiti yaratilganini ta’kidladi.
O‘z navbatida, janob al-Utaybiy samimiy qabul uchun minnatdorchilik bildirib, mamlakatimizda bo‘lgan davrida shaxsan guvoh bo‘lgan diplomatik va tadbirkorlik doiralari uchun yaratilgan sharoitlarni yuqori baholadi. Elchi Saudiya Arabistoni Podshohligi biznes vakillari nafaqat barqaror qiziqish bildirmoqda, balki O‘zbekistonga, ayniqsa uning poytaxtiga investitsiyalarni sezilarli darajada kengaytirishga tayyorligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston bozori mintaqadagi eng istiqbolli bozorlardan biri sifatida qaralmoqda, savdo-iqtisodiy, madaniy va ta’lim sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash saudiyalik sarmoyadorlar va tadbirkorlarda samimiy ishtiyoq uyg‘otmoqda.
Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan faol muloqotni davom ettirishga kelishib oldilar.

Biz korrupsiyaga qarshimiz!Agar siz Toshkent shahar hokimligi, uning bo‘ysunuvidagi tashkilot va idoralar hamda tuman ho...

Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasi — Toshkentda!Respublikaning 12 ta viloyati hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi...

Toshkent mahallalarida obodonlashtirish ishlariga start beriladiToshkent shahar hokimining qaroriga muvofiq poytaxtning ...

Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzakov boshchiligidagi ishchi guruh Bektemir tumanida bo‘ldiToshkent shahar soliq bosh...