- Toshkentdan gapiramiz
- 28.01.2022, 11:19
Age Tashkent: o‘z uyingizning yoshini biling
Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Raqamli rivojlanish departamenti Age Tashkent loyihasini ishga tushirdi. Unda tanlangan vaqt oralig‘ini yoki aniq yilni qo‘llagan holda Toshkentdagi binolarning yoshini aniqlash imkoniyati mavjud.
Loyihadan foydalanish bo‘yicha oddiy yo‘riqnoma: xaritada sizni qiziqtirgan binoni toping, unga bosing va kerakli ma'lumotlarga – qurilish sanasi, binoning turi (turar joy binosi, ma'muriy bino) va boshqa ma'lumotlarga ega bo‘ling.
Sayilgoh yaqinida joylashgan Toshkent yuridik universiteti (sobiq gimnaziyalar) binosiga bosib, uning yoshini tekshiramiz.
Qurilish sanasini — 1878 yil, bino manzili va koordinatalarini hamda qo‘shimcha ma'lumotlarni bilib oling: bino madaniy meros va oliy ta'lim muassasalari ob'ektlariga kiradi.
Qurilgan yiliga qarab barcha binolar turli ranglarda belgilangan. Ekranning o‘ng qismida berilgan diapazondagi, masalan, 1944 va 1998 yillar oralig‘ida qurilgan binolarni ko‘rsatib turuvchi “gradusnik” joylashgan. Binolarning rangi ham tasodifan tanlangan emas. Qadimgiroq binolar to‘kiluvchi materiallar – ular qurilishida qo‘llanilgan somon va loy rangida aks ettirilgan. Sobiq SSSR davrini olovrang va qizil rang aks ettirsa, 1966 yildagi yer qimirlashidan keyin paydo bo‘lgan metro ko‘k rangda namoyon bo‘ladi. Mustaqillik yillariga och havorang belgi bo‘lsa, yangi O‘zbekiston davri yashil rangda bo‘yalgan.
Binoning yoshi yoki boshqa ma'lumotlarida xatolik topsangiz, u haqida qayta aloqa orqali ma'lumot bering, bu dasturchilarga ma'lumotlar bazasini sozlash va takomillashtirish imkonini beradi.
... Ekranning chap qismidagi qulf belgisiga bosib “Sirli xonani” oching, u Toshkentning chegaralarini yilidan kelib chiqib, ko‘rsatib bera oladi. Unda barcha tumanlar, shahar atrofidagi qal'a devori, 12 ta darvoza, shuningdek, madaniy meros ob'ektlarining arxeologik hamda ko‘chalarning zamonaviy nomlari ko‘rsatilgan.
Age Tashkent — Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Raqamli rivojlanish departamenti o‘nlab mutaxassislari ishining natijasidir. Loyiha Toshkentning boy tarixi, uning me'moriy va arxeologik merosini shaxsan ko‘rib, haqiqiy baho berish imkoniyatini beradi.
Qurilmalar yoshini vizuallashtirish loyihasini Niderlandiyada ishlab chiqilgan, so‘ngra Yevropa va Rossiyada keng tarqalgan Building Age Maps chellenji ilhomlantirdi. Binolar yoshini ko‘rsatuvchi bunday interaktiv karta paydo bo‘lgan ilk Markaziy Osiyo mamlakati esa O‘zbekistondir.

🔠Loyiha haqida mutasaddilar ma’lumot berar ekan, uning asosiy tamoyili mavjud tabiiy muhitni saqlab qolish ekani alohid...

🔺Toshkent shahar hokimining "Axborot, hisobot, muloqot" shaklidagi uchrashuvi doirasidagi navbatdagi manzil qurilish ob...

Tadbirda sog‘liqni saqlash tizimidagi mavjud muammolar, onalik va bolalikni muhofaza qilish, tibbiy muassasalarni zamona...
👍 Bugun Yangihayot tumanida barcha zamonaviy talablarga javob beradigan mudofaa ishlari bo‘limining yangi binosi foydal...