- Toshkentdan gapiramiz
- 24.09.2026, 09:58
Toshkentda Kwangwoon universiteti filialini tashkil etish masalalari muhokama qilindi
Bugun Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari — Raqamli rivojlanish departamenti rahbari A. Dusmuhamedov hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining faxriy maslahatchisi, Koreya–O‘zbekiston biznes assotsiatsiyasi bosh direktori janob Edvard Kim ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
▫️Uchrashuvda Toshkent shahar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i B. Rajabov, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori O. To‘ychiyev, Yakkasaroy tumani hokimi o‘rinbosari B. Mustafoyev hamda Toshkent shahar Investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i M. Abdurashitov ham ishtirok etdi.
✔️Muloqot davomida Janubiy Koreyaning Seul shahrida joylashgan nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri — Kwangwoon universitetining O‘zbekistonda filialini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
🖥Tashabbus doirasida sun’iy intellekt, dasturiy ta’minot, kompyuter va axborot muhandisligi, axborot konvergensiyasi hamda robototexnika yo‘nalishlarida zamonaviy ta’lim va ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish ko‘zda tutilgan.
📈Loyihani amalga oshirish uchun Toshkent shahar Investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi tomonidan uchta manzil taklif etildi.
🟢Uchrashuv yakunida ushbu manzillarni universitet talablari asosida o‘rganish, filial uchun maqbul joyni tanlash, ta’lim yo‘nalishlari va zarur infratuzilmaga qo‘yiladigan talablarni belgilash hamda loyihani amalga oshirish bo‘yicha keyingi ishlar ketma-ketligini ishlab chiqishga kelishib olindi.
Furqat ko‘chasidan Shota Rustaveli ko‘chasigacha bo‘lgan 2 kilometrlik yo‘l qismida Toshkent shahrida Yo‘l harakatini ta...

📌 Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi o‘rinbosarlari tomonidan belgilangan reja asosida “Xalq qabulxonasi”da fuqarolarning sha...

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining yigirma yettinchi sessiyasida poytaxtning ijtimoiy-iqtisodiy rivoji, shaha...

Toshkent shahrida Yo‘l harakatini tashkil etish markazi Vaziyatlar markazi tomonidan yo‘llardagi holat real vaqt rejimid...