- Toshkentdan gapiramiz
- 09.09.2026, 09:51
Komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat masalalari muhokama qilindi
Bugun Toshkent shahar hokimining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha o‘rinbosari M. Mirxamidov va Toshkent shahar hokimining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat xizmati rahbari Sh.Turdikulov hamda Chilonzor tumani hokimi S. Xolxo'jayev ishtirokida tuman hokimligi apparati xodimlari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
▫️Unda komplayens xizmatining faoliyati, korrupsiyaga qarshi ichki nazoratni kuchaytirish, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, aholi murojaatlari bilan samarali ishlash, odob-axloq qoidalariga rioya etish hamda manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasining "Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida" gi qonuning mazmun va mohiyati batafsil tushuntirib o‘tildi.
📊Tadbir davomida korrupsiyaga oid holatlar bo‘yicha bir qator hayotiy misollar keltirilib, ularning salbiy oqibatlari atroflicha tahlil qilindi hamda xodimlarning korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatini shakllantirish, xizmat vazifalarini bajarishda qonuniylik, halollik va xolislik tamoyillariga qat’iy rioya etishi muhimligi ta’kidlandi.

Bugun Xalq qabulxonasida to‘rtta qabul bo‘lib o‘tadiEslatib o‘tamiz, bugun poytaxt Xalq qabulxonasida Toshkent shahar ho...

Eslatib o‘tamiz, bugun soat 09:00–11:00 gacha Xalq qabulxonasida Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari, investitsiyalar...

▫️Joriy yilning 8-sentabr kuni Toshkent shahar hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar ...

✔️Qabul davomida fuqarolarning transport, yo‘l infratuzilmasi, jamoat transporti, yo‘llarning holati hamda harakat xavfs...