- Toshkentdan gapiramiz
- 21.07.2026, 16:13
Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilari uchun maxsus xizmat
➡️16-iyuldan Toshkent shahar Yoshlar markazida bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash va kasbiy faoliyatini boshlashga ko‘maklashish bo‘yicha maxsus xizmat yo‘lga qo‘yildi.
Bitiruvchilar bu yerda:
— yirik ish beruvchilarning bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishishi;
— bandlik mutaxassislaridan ishga joylashish bo‘yicha maslahat olishi;
— 9 ta tijorat banki vakillari bilan imtiyozli kreditlar va moliyaviy xizmatlar yuzasidan muloqot qilishi;
— kasbiy faoliyatni boshlash bo‘yicha amaliy yordam olishi mumkin.
📍Manzil: Toshkent shahar Yoshlar markazi
🧑💻Oliy ta'lim tashkilotlari kesimidagi tashrif grafigi bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.
Mazkur xizmat 11-sentabrga qadar har kuni soat 09:00 dan 17:00 gacha faoliyat yuritadi.

📈Sessiyada poytaxtning ijtimoiy-iqtisodiy rivoji, aholi murojaatlari bilan ishlash, qonuniylikni ta’minlash hamda shaha...

⚡️2026-yilning 6 oyida poytaxtda 26 ta turizm va gastronomik ko‘cha faoliyat yuritib, ularning umumiy uzunligi 27,2 kilo...

⚡️2026-yilning 6 oyida poytaxtda xizmatlar hajmi 274,4 trln so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 19,...

2026-yilning birinchi yarmida Toshkent shahri investitsiyalarni jalb etish hamda iqtisodiy rivojlanish sur’atlari bo‘yic...