Eski versiya
Shrift o‘lchami:
Rang sxemasi:
Tasvirlar:

Shahar jamoat transporti yanada qulay va zamonaviy bo‘ladi

Shahar jamoat transporti yanada qulay va zamonaviy bo‘ladi

O‘zbekistonda shahar yo‘lovchi transporti tizimini takomillashtirish, yo‘lovchilar uchun qulayliklarni oshirish va zamonaviy avtobuslar xaridini rag‘batlantirish bo‘yicha yangi chora-tadbirlar belgilanmoqda.

Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 3-iyundagi 276-son qaroriga muvofiq, muntazam shahar avtobus yo‘nalishlarida yo‘lovchi tashish faoliyatini yanada rivojlantirish, zamonaviy va ekologik talablarga javob beradigan transport vositalarini olib kirish, shuningdek, sohadagi normativ-huquqiy hujjatlarni amaldagi qonunchilikka moslashtirish ko‘zda tutilgan.

Qarorga ko‘ra, haydovchi bilan birga 60 nafar yoki undan ortiq yo‘lovchi tashishga mo‘ljallangan, “Yevro-5” va undan yuqori ekologik toifa talablariga mos keladigan yangi avtobus, elektrobus va trolleybuslarni 2027-yil 31-dekabrgacha O‘zbekistonga olib kirishda utilizatsiya yig‘imining nol stavkasi qo‘llanadi. Bu esa tadbirkorlik subyektlari uchun zamonaviy jamoat transporti vositalarini xarid qilishda qo‘shimcha imkoniyat yaratadi.

Shuningdek, 2026-yil 1-sentabrdan boshlab brutto-shartnoma asosida tashkil etilgan muntazam shahar avtobus yo‘nalishlarida yo‘lkira haqini to‘lash tartibi yanada aniq belgilanadi. Yo‘lovchilar avtobusga chiqish vaqtida transport kartasini validatorga tekkizish orqali yoki bank kartasi, smartfon va boshqa kontaktsiz elektron to‘lov vositalari yordamida yo‘lkirani to‘lashi mumkin bo‘ladi.

Bunda NFC, QR, biometrik, BLE, UWB kabi zamonaviy texnologiyalar orqali to‘lovni amalga oshirish imkoniyatlari ham nazarda tutilgan. Ijtimoiy yoki transport kartasi orqali imtiyozli va bepul yurish huquqini tasdiqlash tartibi ham saqlanadi.

Qarorning yana bir muhim jihati — jamoat transportida to‘lov intizomini kuchaytirishdir. Belgilangan tartibga ko‘ra, yo‘lovchi avtobusga chiqish vaqtida yo‘lkira haqini to‘lamasa yoki imtiyozli yurish huquqini tasdiqlamasa, u chiptasiz yurgan deb hisoblanadi.

Bundan tashqari, Transport vazirligiga tegishli tashkilotlar bilan birgalikda poytaxt jamoat transporti va shahar atrofidagi temir yo‘l qatnovlarida yo‘lkira haqini to‘lashning integratsiyalashgan tizimini joriy etish vazifasi yuklatilgan. Bu jarayonda “elektropoyezd–avtobus” va “elektropoyezd–metro” yo‘nalishlarida jozibador tarif rejalarini ishlab chiqish ham ko‘zda tutilgan.

Qarorda shahar avtobus yo‘nalishlari bilan bog‘liq ayrim me’yorlar ham aniqlashtirilmoqda. Jumladan, shahardan tashqariga ma’lum masofagacha chiqadigan ayrim yo‘lovchi tashish yo‘nalishlarini shahar ichki avtobus yo‘nalishlari toifasiga kiritish belgilangan. Bu shahar atrofida yashovchi aholining kundalik qatnovini qulaylashtirishga xizmat qiladi.

Shuningdek, muntazam shahar avtobus yo‘nalishlarida belgilangan me’yoriy ish vaqtidan ortiq ishlayotgan haydovchilarning mehnat sharoitlarini yaxshilash hamda ish vaqti normalarini qonunchilikka muvofiq ta’minlashga alohida e’tibor qaratiladi.

Mazkur qaror jamoat transporti tizimini bosqichma-bosqich zamonaviylashtirish, yo‘lovchilar uchun qulay va shaffof to‘lov mexanizmlarini kengaytirish, transport xizmatlari sifatini oshirish hamda ekologik toza transport vositalari ulushini ko‘paytirishga xizmat qiladi.

Teglar:
O‘xshash yangiliklar
Shaxsiy qabul: fuqarolar murojaatlariga yechim
09.07.2026, 17:42
Shaxsiy qabul: fuqarolar murojaatlariga yechim

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 1-apreldagi PF–51-son "Aholi bilan muloqot tizimini samarali tashkil qi...

"Xavfsiz va sog‘lom yurt" tadbiri doirasida Chilonzor tumani IIOFMB rahbarlariga nomma-nom biriktirilgan hamda Probatsiya nazoratidagi yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi.
09.07.2026, 17:03
"Xavfsiz va sog‘lom yurt" tadbiri doirasida Chilon...

Uchrashuv davomida narkotik bilan bog’liq jinoat sodir etganlik uchun jazo choralari kuchaytirilganligi keng muhokomada ...

Chinor mahallasida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi
09.07.2026, 11:17
Chinor mahallasida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazi...

Mirobod tumani hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i F. Madaminova tomonidan Chinor mahallasida nav...

“Xavfsiz va sog‘lom yurt” tadbiri doirasida targ‘ibot ishlari olib borilmoqda
08.07.2026, 17:09
“Xavfsiz va sog‘lom yurt” tadbiri doirasida targ‘i...

📌 Xabaringiz bor, ayni kunlarda Toshkent shahri miqyosida “Xavfsiz va sog‘lom yurt” keng qamrovli tezkor-profilaktik ta...

Saytning yangi versiyasini ishga tushirdik, eski versiyaga qaytishni istasangiz, bu yerga bosing

Eski versiya