Eski versiya
Shrift o‘lchami:
Rang sxemasi:
Tasvirlar:

Toshkentda to‘xtash va to‘xtab turish qoidabuzarliklariga qarshi choralar kuchaytiriladi

Qulay, xavfsiz va tartibli shaharni yaratish — Toshkent shahar hokimligi hamda Yo‘l harakatini tashkil etish markazining asosiy vazifalaridan biridir. Bu boradagi ishlar allaqachon bir necha yo‘nalishda olib borilmoqda: piyodalar uchun mo‘ljallangan joylarni bo‘shatish, bekatlarni tartibga solish, harakat xavfsizligini oshirish, jamoat transportini rivojlantirish va shahar muhiti sifatini yaxshilash.

Bu ishlarning keyingi bosqichi to‘xtash va to‘xtab turish qoidalarining buzilishiga nisbatan qat’iyroq chora ko‘rish amaliyotini joriy etishdan iborat bo‘ladi.

Poytaxtning turli tumanlarida avtomobillarning piyodalar yo‘laklarida, o‘tish joylari yaqinida, bekatlarda, yashil hududlarda, shuningdek, to‘xtash yoki to‘xtab turishni taqiqlovchi belgilar o‘rnatilgan joylarda qoldirilishi holatlari muntazam qayd etilmoqda. Bunday qoidabuzarliklar odamlarning xavfsiz va erkin harakatlanishiga, jamoat transporti, maxsus texnika va boshqa yo‘l harakati qatnashchilarining qatnoviga to‘sqinlik qiladi.

Ayniqsa, bunday vaziyatlar keksalar, bolalar aravachasidagi ota-onalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va bolalar uchun qiyinchilik tug‘diradi.

Shu munosabat bilan, shaharda bunday qoidabuzarliklarga nisbatan yanada qat’iy choralar ko‘rish amaliyotiga o‘tilmoqda. To‘xtash va to‘xtab turish qoidalarini buzgan holda qoldirilgan avtomobillar belgilangan tartibda evakuatsiya qilinib, maxsus jarima maydonchalariga joylashtiriladi.

Ushbu chora-tadbirlarning maqsadi — ko‘chalarda tartibni o‘rnatish, harakat xavfsizligini ta’minlash va shahar muhitining asosiy tamoyilini tiklash: jamoat joylari barcha aholi uchun ochiq, xavfsiz va qulay bo‘lishi kerak.

Haydovchilarni ogohlantiramiz: to‘xtash va to‘xtab turish uchun joy tanlayotganda yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya qiling hamda avtomobillarni taqiqlangan, piyodalar, jamoat transporti, maxsus texnika harakatiga xalaqit beradigan yoki xavfsizlikka tahdid soladigan joylarda qoldirmang.

Toshkent — aholi uchun qulay shahar. Ko‘chalardagi tartib esa umumiy makonga bo‘lgan hurmatdan boshlanadi. 

Teglar:
O‘xshash yangiliklar
❗️Deputat Said Gaziyeva Sakinaxon Sherzodovna tomonidan 20 ga yaqin mahalliy ijro hokimiyati organlariga deputatlik so‘rovlari yuborildi
15.05.2026, 09:34
❗️Deputat Said Gaziyeva Sakinaxon Sherzodovna tomo...

🏛 2025-yil 30-dekabrda qabul qilingan “Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyati takomillashtirilishi munosabati b...

Payshanba – “Yoshlar kuni” munosabati bilan Sergeli tumanidagi Toshkent tibbiyot texnikumida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi
14.05.2026, 17:24
Payshanba – “Yoshlar kuni” munosabati bilan Sergel...

Uchrashuvda Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Shaxnoza Sultanova, Sergeli tumani hokimi o‘rinbosari Nafisa Jo‘rayeva va...

YUNUSOBOD TUMANIDAGI “HUSNIOBOD” MAHALLASIDA ISHLAR KO‘ZDAN KECHIRILDI
14.05.2026, 11:18
YUNUSOBOD TUMANIDAGI “HUSNIOBOD” MAHALLASIDA ISHLA...

🛡 Yunusobod tumani prokurori Y.A.Abdurahmonov boshchiligida “Husniobod” mahallasida o‘rganish ishlari amalga oshirildi....

Xalq tilida Kadishev bozori deb nomlanuvchi “Aviasozlar” bozorining, shuningdek, savdo rastalari va doʻkonlarining buzilishi haqidagi maʼlumotlar haqiqatga toʻgʻri kelmaydi.
14.05.2026, 11:03
Xalq tilida Kadishev bozori deb nomlanuvchi “Avias...

“Aviasozlar” bozori odatdagi tartibda ishlamoqda. Olib borilayotgan ishlar qonuniy asosda faoliyat yuritayotgan savdo ra...

Saytning yangi versiyasini ishga tushirdik, eski versiyaga qaytishni istasangiz, bu yerga bosing

Eski versiya