- Toshkentdan gapiramiz
- 14.04.2026, 11:21
Toshkent shahar Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy Kengashining 2-son majlisi bo‘lib o‘tdi
Toshkent shahar Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi (https://t.me/poytaxt_deputatlari/15334). Mazkur yig‘ilishida Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashi raisi Rustamxon Kalanov hamda Oliy Majlisi Senati Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi, senator Abdulxakim Eshmuratov, hududiy kengash a’zolari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.
📊Yig‘ilish davomida 2025-yilda korrupsiyaga qarshi kurashish, uning oldini olish, ochiqlikni ta’minlash va sohani raqamlashtirish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan quyidagi tashkilotlar mutasaddilarining axborot va hisobotlari tinglandi:
— Toshkent shahar “Munisipal aktivlarni boshqarish markazi” DUK;
— Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasi;
— Toshkent shahar Adliya boshqarmasi.
➡️Shuningdek, majlisda mutasaddi rahbarlar tomonidan quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ham ma’lumotlar taqdim etildi:
— odil sudlov yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar;
— huquqiy targ‘ibot tadbirlari;
— hokim yordamchilari faoliyatida korrupsion holatlarning oldini olish;
— raqamlashtirish yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar.
📈Majlis yakunida sohalarda ochiqlikni yanada kuchaytirish, korrupsion omillarning oldini olish, tizimli nazoratni mustahkamlash hamda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

Tumanimizning "Novza" mahallasi idorasida Chilonzor tumani hokimining birinchi o‘rinbosari Mirzohid Abdukadirov mahalla ...

📍 Bugun Bektemir tumani hokimi N. Abduraxmanov tumanda faoliyat olib borayotgan tadbirkorlik subyektlari bilan yaqindan...

Bugun poytaxtimizda svetoforlarning keng ko‘lamda almashtirilayotganiga ko‘pchilik e’tibor qaratmoqda. Shu o‘rinda aholi...
«2025-yil 4-chorak uchun moliyaviy natijalar hisoboti»ni quyidagi havola orqali ko‘rish mumkin.Shuningdek, ushbu davr uc...